Qalampir
Аchchiq qalampir
SАID
Oʼrtapishar nav, oʼsuv davri 115-122 kun. Tup balandligi 60-65 sm. Mevasi konussimon uzunchoq, vazni 35-40 g, taʼmi yarim achchiq. Hosildorligi 22-26 t/ga. [1]
Said | |
---|---|
Fayl:Photo 2025-05-26 22-14-24.jpg | |
Biologik klassifikatsiya | |
|
MАRGʼILON 330
Oʼrtapishar nav, biologik pishgunga qadar oʼsuv davri 123-125 kun. Tupi yarim yigʼiq, shtambli, oʼr-tacha barglanuvchan, oʼrta boʼyli. Mevasi ko-nussimon, dona-dona, yuqori tomonga qarab joy-lashgan, oʼrtacha xajmda, yuzasi biroz notekis, tex-nik yetilganda yashil, biologiik yetilganda qizil, eti qalinligi 1,2-2,0 mm, taʼmi achchiq. Bir tupdan 20-30 ta meva olinadi. Hosildorligi 14-18 t/ga.
UChQUN
Oʼrtapishar nav, texnik pishguniga qadar oʼsuv davri 140 kun. Tupi oʼrtacha, yigʼiq, poya uzunligi 60 sm. Bargi oʼrtacha, toʼq yashil. Mevasi ko-nussimon, dona-dona, yuqori tomonga qarab joy-lashgan, texnik yetilganda toʼq yashil, biologik yetilganda toʼq qizil, yuzasi silliq, biroz qabariqli, vazni 28 g, uzunligi oʼrtacha 15,0 sm, eni 2,5 sm, taʼmi achchiq. Hosildorligi 27 t/ga.
TILLАRАNG
Oʼrtapishar nav, biologik pishgunga qadar oʼsuv davri 140 kun. Tupi oʼrtacha, yigʼiq, poya uzunligi 60 sm. Bargi oʼrtacha, toʼq yashil. Mevasi ko-nussimon, dona-dona, yuqori tomonga qarab joy-lashgan, texnik yetilganda sargʼish-yashil, biolo-gik yetilganda qizil, yuzasi silliq, vazni 26 g, uzunligi oʼrtacha 14,5 sm, eni 2,0 sm, taʼmi achchiq. Hosildorligi 25 t/ga.
Qalampir — Solanaceae (Ituzumdoshlarga) mansub chala buta, buta yoki koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Yovvoyi holda Amerikaning tropik rayonlarida uchraydi. Issiqsevar oʻsimlik. Peru qalampir i (C. angulosum), kolumbiya qalampir i (C. conicum), egilgan qalampir i (С. гиевсеш), sabzavot qalampir (C. annuum) yoki garmdori va boshqalar turlari bir yillik oʻsimlik sifatida hamma qitʼalarda oʻstiriladi. Sabzavot qalampiri turining poyasi tik (1 m gacha), ildizi oʻqildiz, mevasi koʻp urugʻli, qizil, sariq, toʻq sariq, qoʻzoq, shakli turlicha. Mevasi tarkibida qand, quruq modda, S, V,, V2vitaminlari, karotin, alkoloidlar bor. Sabzavot qalampiri platsentasi tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi miqdoriga qarab chuchuk (qarang Bolgar qalampiri) va achchiq boʻladi. Uzbekistonda achchiq qalampirning "Margʻilon 330" va "Nafis" ("Pikantngy"), mayda mevali "Kelin tili" navlari koʻp ekiladi. Achchiq qalampir qoʻzogʻining poʻsti yupqa, shakli maydauzunchoq. Gullaganidan keyin mevasi 35—40 kunda yetiladi. Uruti issiqxonalarga sepilib, ochiq yerlarga koʻchati ekiladi. Hosiddorligi 200 s/ga. Koʻk va pishgan (qizil) qoʻzoqlari xom holida isteʼmol qilinadi, ovqatga solinadi, sirkalash, tuzlash, konservalashda, quritilgan mevasi tolqoni ziravor sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda qandli diabet kasalligi hamda qonni suyultiruvchi davo sifatida, sanoatda shamollashga qarshi ishlatiladigan qalampir malhamli mato ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Pan, Sai-Bo; Zhang, Jian-Bin; Zhao, Bai-Qin; Chai, Ying (2016-06). „http://jtd.amegroups.com/article/view/7577/7006 http://jtd.amegroups.com/article/view/7521/7007 http://jtd.amegroups.com/article/view/7499/7008 http://jtd.amegroups.com/article/view/7520/7009 http://jtd.amegroups.com/article/view/7094/7010 http://jtd.amegroups.com/article/view/7603/7011 http://jtd.amegroups.com/article/view/7490/7012 http://jtd.amegroups.com/article/view/7243/7013 http://jtd.amegroups.com/article/view/7045/7014 http://jtd.amegroups.com/article/view/7224/7015 http://jtd.amegroups.com/article/view/7341/7016 http://jtd.amegroups.com/article/view/7524/7017 http://jtd.amegroups.com/article/view/7526/7018 http://jtd.amegroups.com/article/view/7495/7019 http://jtd.amegroups.com/article/view/7518/7020 http://jtd.amegroups.com/article/view/7582/7021 http://jtd.amegroups.com/article/view/7643/7022 http://jtd.amegroups.com/article/view/7494/7023 http://jtd.amegroups.com/article/view/7447/7024“. Journal of Thoracic Disease. 8-jild, № 6. E399–E402-bet. doi:10.21037/jtd.2016.04.14. ISSN 2072-1439.
{{cite magazine}}
: External link in
(yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|title=
|date=
(yordam)