Ituzumdoshlar (lotincha: Solanaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Oʻt, butachalar, lianalar va kichik daraxtlardan iborat. Barglari yonbargchasiz, ketma-ket joylashgan, gullari ikki jinsli. Kosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchisi 5 ta. Mevasi — rezavor yoki koʻsakcha. Ituzumdoshlarning 90 turkumi, 2900 turi boʻlib, ular yer sharining tropik mintaqalarda, xususan, Janubiy va Markaziy Amerikada keng tarqalgan. Ituzum, pomidor, baqlajon, qalampir, paqpaq va goji oqchingʻil kabi turkumlari katta ahamiyatga ega. Ituzumdoshlarga kartoshka, pomidor, tamakigul, tamaki, maxorka va boshqa ekinlar kiradi. Koʻpchilik ituzumdoshlar — belladonna, mehrigiyoh, skopoliya, mingdevona, bangidevona, fisoxlaina va boshqa tarkibida alkaloidlar bor. Baʼzi ituzumdoshlar manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.[1][2]


Sistematikasi tahrir

Hozirgi kunda ushb oila o`z ichiga 7 ta turkumga bo`lingan 2700 turga ajratiladi:


Rasmlar tahrir

Gullar tahrir

Mevalar tahrir

Qo`llanilishi tahrir

Bu oila vakillarining ko`p qismi aholi tomoidan iste'mol qilinadi. Masalan, kartoshka (Solanum tuberosum), pomidor (Lycopersicum esculentum), ispan qalampiri (Capsicum annuum) va boshqalar O`zbekistonda ham ovqatlarga asosiy masalliq sifatida ishlatiladi. Shuningdek, tamaki o`simligi (Nicotiana) dan ham foydalaniladi.

Belladonna, mingdevona, bangidevona, skopoliya, mehrigiyoh va duboiziya kabi o`simliklarning tarkibida alkaloidlardan giotsiamin va atropin mavjud.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4