Bangidevona
Bangidevona, Tikanli olma (Datura stramonium L.) — Solanaceae (ituzumdoshlarga) mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tarqoq, tik shoxlanib oʻsadi; boʻyi 1,2 m cha. Bargi tuxumsimon, bandli, uchi qirrali. Gullari oq, barg qoʻltigʻida bittadan joylashgan. Mevasi yashil, tikan bilan qoplangan toʻrt chanoqli tuxumsimon koʻsakcha: uz. 4,5 sm gacha boradi, 500 ga yaqin buyraksimon, qora tusli urugʻ beradi. Maydan iyungacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bargi, poyasi, ildizida giossiamin, skopolamin, atropin kabi zaharli alkaloidlar bor. Bargidan revmatizm, nevralgiya kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi. Kurash choralari: ekinzorlar qoʻlda oʻtoq qilinadi[1][2].
Rasmlar
tahrir-
Bangidevona oʻsimligi: rangli kitob illyustratsiyasi (anatomik tafsilot)
-
Gul va yosh mevalar
-
Gulning besh karra simmetriyasi
-
Meva pishgan, lekin hali ochilmagan ("Tikanli olma")
-
To'rt qismdan ochila boshlagan pishgan meva
-
To'rt qism va urug'larning joylashishini ko'rsatish uchun qo'l bilan ochilgan pishgan meva
-
Quruq, tabiiy ravishda pishgan meva, o'simlik shamol esganda, o'simlikni silkitganda urug'larni yoyishga tayyor.
-
Pishgan urug'lar
-
Bitta urug'ning kattalashtirilgan tasviri
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |