Lianalar (frans. liant, her — bogʻlanish) — oʻsimliklar, qoyalar va boshqa narsalarga chirmashib oʻsadigan butasimon yoki oʻtsimon oʻsimliklar guruhi. Bunday oʻsimliklar yorugʻlikka intilib uchidan tez usadi va atrofidagi daraxtlarga oʻralib, koʻpincha ularni nobud etadi. Asosan, tropik oʻrmonlarda (2000 turi) oʻsib, changalzorlar hosil qiladi. Oʻzbekistonda xmel, yovvoyi tok, aktinidiya va boshqa oʻsadi. L.ning baʼzi turlari manzarali oʻsimlik sifatida koʻpaytiriladi. Gulli oʻsimliklar, qirqquloqlar va ochiq urugʻlilarining ayrim turlari L.ga kiradi (qarang Ilashuvchi oʻsimliklar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil