Bosh menuni ochish

Ming, minglar — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Hozirgi Samarqand viloyati, qisman Fargʻona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Denov tumanlarida, Xorazmda va Tojikistonning Hisor tumanida yashaganlar. Zarafshon vodiysida yashovchi M.lar 3 yirik uruqqa, bu urugʻlar, oʻz navbatida, yana bir qancha kichik urugʻlarga boʻlingan: 1)tugʻali (axmat, chagʻir, toʻyi namoz, oqshiq va boshqalar); 2) bogʻlon (chibli, qora, mirza va boshqalar); 3) uvoq tamgʻali (algʻol, chaut, jayli, oʻramas, toʻqnamoz, kiyuxoʻja, yarat) urugʻlari. M.lar boshqirdlar tarkibiga ham kirgan. Qoʻqon xonlari (qarang Qoʻqon xonligi) M.lardan boʻlgan. Buxoro vohasida yashagan M.lar ham Buxoro xonligi siyosiy hayotida faol qatnashgan. Xonliqdagi muhim mansablarni M.ning beklari egallab kelgan. Oʻratepa va Urgut beklari ham M.lardan boʻlgan. 19-asrning oxiriga kelib M.larning koʻpchiligi oʻtrokdashib, dehqonchilik va pillachilik bilan shugʻullanishgan. Togʻli tumanlar hamda choʻllarda oʻrnashib qolgan M.lar chorvachilik bilan ma-shgʻul boʻlishgan. M. ayollari gilam toʻqish, kigiz bosishni yaxshi bilishgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil