Muhammad Shayboniy (Shayboniyxon) (1451-yil, Oʻzbek xonligi1510-yil 12-dekabr, Marv) — davlat arbobi, sarkarda va oʻzbek shoiri. Hazrati imom uz-Zamon xalifat ur-Rahmon (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligini oʻrnatgan.

Muhammad Shayboniy
Muhammad Shayboniy
Shaybani.jpg
Muhammad Shayboniyning portreti
Kamoliddin Behzod
1–Buxoro xonligi xoni
Mansabda
1500-yil — 2-dekabr 1510-yil
Oʻtmishdoshi Yoʻq
Vorisi Suyunchxoʻjaxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Abulfath Muhammad Shayboniy

1451-yil
Oʻzbek xonligi (Dashti qipchoq)
Vafoti 2-dekabr 1510-yil
Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻi (Xuroson)
Oʻlim sababi Marv jangi
Fuqaroligi Oʻzbek xonligiBuxoro xonligi
Turmush oʻrtogʻi Xonzoda begim
Mehr Nigor xonim
Bolalari Muhammad Temur sulton
Xurramshoh sulton
Suyunch Muhammad sulton
Shohrubonu
Ota-onasi
  • Shohbudogʻ sulton
  • Oq Qoʻzi biyim
Taʼlim Buxoro madrasalari

Muhammad Shayboniy Oʻzbek xonligi hukmdori Abulxayrxonning nabirasi, Shohbudogʻ sultonning oʻgʻli. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qoʻygan. Otasining erta vafotidan soʻng, bobosining qaramogʻida qolgan. Ukasi Sulton Muxammad bilan birga Boyshayx otaligʻida voyaga yetgan. Muhammad Shayboniy 1480-yillarda Abulxayrxon vafotidan soʻng Dashti Qipchoqning asosiy hududida oʻz hukmronligini oʻrnatmoqchi boʻlgan. U 1490-yillardan oʻzaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan Temuriylar hududi boʻlgan Movarounnaxrda ham oʻz hukmronligini oʻrnatish uchun harakat boshlagan. XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Movarounnahrga qilgan yurishlari natijasida hokimiyat boshqaruvi uning qoʻliga oʻtgan. Muhammad Shayboniy Turkistonning Sigʻnoq, Sabron, Yassi shaharlarini ham oʻz qoʻl ostiga kiritgan. 1504-yil Hisor, Qunduz, Badaxshon, Balx, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Muhammad Shayboniy qoʻl ostiga oʻtgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallagan.

Shayboniyxon tomonidan Buxoroda zarb qilingan tanga, 1510 yil

VafotiTahrirlash

 
Shayboniyxon qabrtoshi, 1510 yil, Sankt Peterburg, Ermitaj

1510-yilda Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻida Safaviylar shohi Ismoil I Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Muhammad Shayboniy qoʻshini oʻrtasidagi jangda uning qoʻshinlari magʻlubiyatga uchragan va xonning oʻzi ham halok boʻlgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland sufaga dafn qilingan. Baland sufa Registon maydonida Tillakori va Sherdor madrasalari oʻrtasidagi burchakda joylashgan boʻlib, bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Keyinchalik Shayboniylar daxmasi deb nomlangan.

IjodiTahrirlash

Muhammad Shayboniy 1501–1507-yillarda Turkistonda markazlashgan davlat qurdi. Saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. Uning oʻzi oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan. Undan koʻchirilgan nusxa OʻzMU Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud. Muhammad Shayboniy haqda Tarixi guzidayi Nusratnoma, Binoiyning Shayboniynoma, Hasanxoja Nisoriyning Muzakkiri ahbob, Muhammad Haydarning Shayboniynoma va Boburning Boburnoma asarlarida maʼlumotlar bor.

Hukmdor shoirning ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F. Koʻprulu, Y. Ekman, O. Akbiyik, Y. Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E. Axmadxoʻjaev va I. Bekjon uning Bahrul-hudo nomli qasidasini topishdi.

AdabiyotTahrirlash

  • История Узбекистана, Т3
  • Бартольд В. В., Сочинения, Т2 (часть 2), M., 1964.
  • Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994;
  • Fitrat A.. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
  • A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.