Bosh menuni ochish

Binoiy (taxallusi; asl ismi Kamoliddin Ali Muhammad Sabz) (1453, Hirot1512, Qarshi) — shoir, musiqashunos, tarixchi. Forsiyda ijod qilgan. 1487 yilgacha Hirotda adabiyot, sheʼr ilmi, insho, musiqa va tarix fanlarini oʻrgangan. Navoiy uning "bagʻoyat qobiliyati bor"ligi, xatga ishq paydo qilgani, musiqaga mayl koʻrgizgani va "xele ishlar tasiif" qilganini aytgan ("Majolis unnafois"). B. 1487 yilda Tabrizga ketgan, u yerda Xurramiy, Ogahiy, Mazhariy, Ruhiy, Qozi Isolar bilan muloqotda boʻlgan. 1491 yil Hirotga qaytgan, 1495 yilda Samarqandga kelgan. Bu yerda 2 qismdan iborat "Behruz va Bahrom" masnaviysini yozib tugatgan (1500). Masnaviyda ijtimoiysiyosiy, axloqiytarbiyaviy masalalar ifodalangan. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoga bagʻishlab "Majmaʼ ulgʻaroyib" qasidasini yozgan (1498). Shayboniyxon saroyida xizmat qilgan, harbiy yurishlarida tarixchi sifatida ishtirok etgan. Shayboniyxon vafotidan soʻng B. Qarshiga kelgan (1510). Safaviylar Movarounnahrga yurish qilib, bu yerda uyushtirgan ommaviy qirgʻin paytida oʻldirilgan.

"Shayboniynoma" asarida 15-asr oʻrtalaridan 1505 yilgacha Movarounnahr va Dashti Qipchoqda sodir boʻlgan voqealar tasvirlangan, "Shahanshohnoma"sida esa Ismoil Safaviyning harbiy yurishlari, 16-asr boshlaridagi Buxoro xonligi bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlar ifodalangan. Shoirning 4282 misradan iborat sheʼriy devoni, "Futuhoti xoniy", "Hikoyati safari Binoiy" kitoblari musiqa ilmiga doir. Rost maqomida bastalangan "Noʻhrang" ("Toʻqqiz rang") asari ilmiy va badiiy qimmatga ega.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Binoiy" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

AdabiyotlarTahrirlash

  • Bobur Z. M., Boburnoma, T., 1960; Mirzayev A., Binai, Dushanbe, 1957.