Tabriz, Tabriz — Eronning shimimoliy gʻarbiy qismidagi shahar. Ajichay daryosi vodiysida, 1364 m balandlikda joylashgan. Sharqiy Ozarbayjon bostonining maʼmuriy markazi.Tabriz Tehrondan keyingi ikkinchi sanoat shahri boʻlib, uning sanoat rivojlanishi bu shaharga keng koʻlamli immigratsiyasiga[1] sabab boʻlgan. Aholisi 1,2 mln. kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim savdo va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari bor. Toʻqimachilik rivojlangan, ip va shoyi gazlamalar, gilam toʻqiladi. Universitetlar mavjud. Shaharga IIIIV-asr.Bu shahar tarix davomida ko'p marta vayron qilingan va qayta qurilgan va hozirgi qurilishi Parfiya va Sosoniylar davriga to'g'ri keladi.Qojarlar davrida ham Eronning eng katta eng muhim va zamonaviy shahri edi. Sosoniylar tomonidan asos solingan. XIII-asr oxiri — XVI-asr boshlarida Eron hududidagi turli davlatlarning poytaxti boʻlgan. 18—19-asr boshlarida Tabriz xonligining poytaxti. 19—20-asr boshlarida Qojar shoxlari valiahdlari qarorgohi. Me`moriy yodgorliklardan Alishoh jome masjidi (1310—20), Koʻk masjid (1465) qoldiklari saklangan. Oʻrta asrlarda T. badiiy hunarmandchilik va tasviriy sanʼatning yirik markazi boʻlgan (qarang Tabriz miniatyura maktabi).

Manba https://tury.club/sight/tebriz-20202Tahrirlash



  1. „Тебриз“.