Ardashir I, Ardashir Papakon (taxminan milodiy 180 — 239 yoki 241) — Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi. Ardashirning bobosi Soson 612-yilda Fors poytaxti — Istaxr shahridagi bosh ibodatxonaning kohini bo‘lgan[1][2] . Ardshir Parfiya podshosi Artabon V (209 — 224)ning vassali Darabgird (Forsdagi qal’a) hokimi saroyida xizmat qilgan. Taxminan 200-yilda ushbu qal’a hokimi bo‘lgan; tez orada butun Fors, Kirmon va Gey (hozirgi Isfahon)ni o‘ziga tobe etgan hamda zodagonlar va ruhoniylar madadiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224-yil 28-aprelda Ormizdagon tekisligida parfiyaliklarga qaqshatqich zarba bergan, Parfiya podsholigi shundan so‘ng tugatilgan. 226/227-yil shahanshoh unvoni bilan toj kiygan[3]. Ardashirning Mesopotamiya va Arma-nistonga egalik qilish uchun Rim bilan Sharkda olib borgan urushlari natijasida Sosoniylar davlati hududi ancha kengaygan[4].

ManbalarTahrirlash

  1. Sharifi. Culture of Persian Literature. 
  2. Parikhanian. In the Cambridge History of Iran. 
  3. Frye. Political Persian History During the Sasanian Era. 
  4. Lokonin. Sasanian Persian Civilization.