Shayboniynoma (Kamoliddin Binoiy)
Shayboniynoma — tarixiy asar. Shayboniylar tarixiga oid dastlabki manbalar jumlasiga kiradi. Fors tilida yozilgan.
Asar Kamoliddin Binoiy tomonidan Muhammad Shayboniy davrida, uning xizmatida boʻlgan paytida, 1505—1507-yillarda xon hamda uning oʻgʻli nazorati ostida bitilgan. Asar Tavorixi guzidayi nusratnoma negizida fors tilining fasohat ilmi, uning nozik iboralaridan keng foydalangan holda yozilgan. Shayboniynomaning qoʻlyozma nusxalari koʻp, bulardan biri xorazmlik tarixchi va tarjimon Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan 1914—1915-yillari oʻzbek tiliga tarjima qilingan nusxadir. Asarda Muhammad Shayboniyning tavallud kunidan boshlab to 1505-yilgacha, yaʼni uning Movarounnahr va Xorazmni boʻysundirishga qadar boʻlib oʻtgan voqealar hikoya qilinadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Zamonov 2021, s. 8.
Adabiyotlar
tahrir- Zamonov A.. Buxoro xonligi tarixi: metodik qoʻllanma. Toshkent: Bayoz, 2021 — 264-bet. ISBN 978-9943-6372-0-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |