Tarixi guzida
Tarixi guzida (forscha: تاریخ گزیده — Tanlangan tarix) — tarixiy asar boʻlib, dunyo yaratilishidan to 1329-yil (hijriy 729-yil)gacha boʻlgan davri tasvirlangan. Asar Hamdulloh Mustavfiy Qazviniy[1][2] tomonidan 1330-yilda yozib tugallangan[3]. Asar tili fors tili boʻlib, Hulokuiylar hukmdori boʻlmish Abu Saʼidning vaziri Rashiduddinning oʻgʻli Xoja Gʻiyosiddin Muhammad Rashidiyga bagʻishlab yozilgan.
Asl nomi | تأریخ گزیده |
---|---|
Muallif(lar) | Hamdulloh Mustavfiy Qazviniy |
Til | forscha |
Janr(lar)i | tarixiy |
Nashr etilgan sanasi | 1330-yil |
Mundarijasi
tahrir„Tarixi guzida“ islom olamining dunyo yaratilishidan to 1329 (hijriy 729) yilgacha boʻlgan tarixini oʻz ichiga oladi. Kitob kirish, olti bob, har biri bir necha fasl (boʻlim) va xulosadan iborat[3]. Kitobning boblari:
- Paygʻambarlar;
- Muhammaddan oldingi Fors shohlari;
- Muhammad va xalifalar;
- Fors va boshqa yerlardagi musulmon sulolalar;
- Shoirlar va olimlar;
- Qazvin shahri va uning tarixi.
Shuningdek moʻgʻullar istilosi ham tilga olgan. Qazviniy „Tarixi guzida“da meridianlarni oʻz ichiga olgan dunyo xaritasini ham kiritgan[4].
„Tarixi guzida“ XIII asrdan XIV asrgacha boʻlgan voqealarni oʻrganish uchun ishonchli manba hisoblanadi, chunki muallif koʻpincha oʻzi guvohi boʻlgan yoki ishonchli kishidan eshitgan voqealarni tasvirlab beradi. Muallif asarni yozishda Rashiduddinning „Jome at-tavorix“ asarini asos qilib olgan.
Tarjima va nashrlari
tahrir„Tarixi guzida“ juda mashhur asar boʻlib, koʻplab nusxalari mavjud. Asarning qoʻlyozma nusxalari dunyoning koʻplab yerlarida (xususan Oʻzbekistonda) mavjud. Barbier de Meynard asarning Qazvin tarixi va geografiyasiga bagʻishlangan bobini 1857-yilda fransuz tiliga tarjimasini, Eron shoirlari haqidagi boʻlimni ingliz eronshunosi Edvard Granvil Braun 1900-1901-yillarda inglizcha tarjimasi bilan nashr ettirdi[5]. Bulardan tashqari 1903-yilda Islom davridagi Eron tarixiga oid qismini Jyul Gantin, Saljuqiylar haqidagi qismini esa Sharl Fransua Defremeri fransuz tiliga tarjima qilishgan. Edvard Granvill Braun 1910-yilda toʻliq nashrini va 1913-yilda ingliz tilidagi qisqartirilgan versiyasini nashr ettirdi[6]. Asar rus tiliga 1941-yilda V.G. Tizengauzen tomonidan faqat Oltin Oʻrda tarixiga oid qismi tarjima qilindi. Asar Usmonli turk tiliga Yoqub Posho tomonidan tarjima qilingan va hozirda Istanbuldagi Nuri Usmoniya kutubxonasida 3213 tartib raqami ostida saqlanmoqda[7].
1960-yilda Abd al-Husayn Navoiy „Tarixi guzida“ning toʻliq nusxasini Eronda nashr ettirdi[8].
Havolalar
tahrir- ↑ Мунис ва Огоҳий. Фирдавс ул-иқбол. -Т.: «Янги аср авлоди», 2010. — Б. 9.
- ↑ Мирза Мухаммад Хайдар. Тарих-и Рашиди. Ташкент. Фан. 1996.
- ↑ 3,0 3,1 E.J. Brill's first Encyclopedia of Islam, 1913-1936, ed. M. Th. Houtsma, (BRILL, 1993), 845.
- ↑ The History of Cartography: Cartography in the Traditional Islamic and South Asian societies. , Vol.2, Book 1, Edited J. B. Harley and David Woodward, (University of Chicago Press, 1992), 391.
- ↑ C. A. Storey, Persian Literature: A Bio-Bibliographical Survey, I-II, London 1927, 1970; III (1984-90); IV (1939); V, London 1992-94.
- ↑ The Taʼrikh-i-Guzida of Hamduʼllah Mustawfi-i-Qazwini. Reproduced in fac-simile from a manuscript dated A.H. 857 (A.D. 1453) with an introduction by Edward G. Browne, Leiden-London, 1910.
- ↑ TÂRÎH-i GÜZÎDE. — TDV İslâm Ansiklopedisi. www.islamansiklopedisi.org.tr
- ↑ Daftary, Farhad, The Isma'ilis: Their History and Doctrines, (Cambridge University Press, 1990), 671.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |