"JOME at-TAVORIX" ("Tarixlar toʻplami") — tarixiy asar. MuallifiRashiduddin Fazlulloh 130210/11 yillarda fors tilida yozilgan.

Asar 3 qismdan iborat: 1-qism "Tarixi Gʻozoniy" deb atalib, Gʻozonxon farmoniga binoan bitilgan. Unda moʻgʻullar, Chingizxon va moʻgʻullar barpo qilgan davlatlar, xususan, Hulokuiylar davlati tarixi (1304-yilgacha) yoritilgan. 2- qism Oʻljoytuxon topshirigʻiga koʻra kashmirlik Kamalashri, xitoylik Li Dachji, fransiyalik bir monax va ikki fors olimi ishtirokida yaratilgan boʻlib, u Islom olamining moʻgʻullar istilosidan ilgarigi tarixi, qad. yahudiylar, franklar, Rim imperatorlari, Hindiston va Xitoy tarixi, shuningdek, Sharqiy Yevropa xalqlariga doir maʼlumotlardan iborat. 3- qiyom esa Yetti iqlim geografiyasiga bagʻishlangan boʻlib, u bizgacha yetib kelmagan. Hofizi Abru bu asarga Shohrux farmoniga binoan "Zayli Jome at-tavorix" nomli ilova yozib, unda Eron tarixi bayonini 1371-yilgacha yetkazgan. "J. at-t."ning 16-asrda eski oʻzbek tiliga oʻgirilgan ikki nusxasi (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Turkmaniston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti fondlarida) mavjud boʻlib, ulardan birining tarjimoni Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy, ikkinchisiniki Solur bobo ibn Qul Alidir. "J. att." fransuz (1836, 1911), chex (1941), rus (1858, 1868, 1888, 1968) va b. tillarga ham tarjima qilinib nashr etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • Ahmedov B. A., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil