Monaxlar, rohiblar (yun. monachos— yolgʻiz) — ijtimoiy diniy guruh. Ular tarki dunyo qilishi, molmulkdan voz kechishi, nafeini tiyishi (oila qurmasligi), qarindoshlik va ijtimoiy aloqalardan xoli boʻlishi, qatʼiy intizomga rioya qilishi kerak va h. k. M. monastirda yashashi va uning qoidalarini bajarishi shart hisoblanadi.

Monaxlik dastlab miloddan avvalgi 1ming yillikda Xindiston (buddizm)d,a, keyinchalik Xitoy, Yaponiya, Tibet, Jan,-Sharkiy Osiyo va Qad. Sharq mamlakatlarida paydo boʻlgan. Xristianlika,a monaxlik 3—4-asrlarda vujudga kelgan. Bu dinda monaxlikka oʻtgan kishi sochini oldirib, yangi ism qabul qiladi, alohida kiyim kiyadi. Islom dinida M. boʻlmagan, lekin mohiyatan ularga yaqin turgan oʻziga xos oqim vakillari — sufiylar deb ataladi (qarang Tasavvuf).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil