Bosh menuni ochish

Nusxa — 1) tasviriy sanʼatda—muallifning oʻzi yoki biror boshqa rassom tomonidan biror asarni takroran yaratilgan namunasi. Nusxa aslidan ishlanish usuli va oʻlchami bilan farq qilishi mumkin; birok, aslining usuli va kompozitsiyasini aynan takrorlashi shart; 2) amaliy sanʼatda—bir xil qilib yasash uchun tayyorlangan buyum namunasi, naqsh andazasi (axta), qolip. Xalq ustalari ijodiy xayoloti asosida yuzaga keladi, davr taqozosi bilan oʻzgarib, yangilanib boradi. [1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil