Suyunchxoʻjaxon, Suyunchakxon, Suyunchik sulton (taxminan 1454—1525, Toshkent) – Toshkentni boshqargan shayboniylardan boʻlgan oʻzbek xoni (1503—25).

Suyunchxoʻjaxon
Abdunasr Kamoliddin Sevinchbek
 Toshkent viloyati xoni
Mansab davri
1512 – 1525
Hukmdor Koʻchkunchixon
Oʻtmishdoshi Muhammad Qosim Koʻhburdiy
Vorisi Keldi Muhammad
 Shayboniylar davlati xoni
Mansab davri
1511-yil mart – 1512-yil dekabr
(Suyunchxoʻjaxon ismi ostida)
Oʻtmishdoshi Muhammad Shayboniyxon
Vorisi Koʻchkunchixon
Toshkent viloyati sultoni
Mansab davri
1503 – 1511
Hukmdor Shayboniyxon
Avvalgisi Sulton Mahmudxon
Keyingisi Muhammad Qosim Kuhburde
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1454-yil
Vafoti 1525-yil
Toshkent
Bolalari Keldi Muhammad, Navroʻz Ahmadxon, Oysuluv
Onasi Robiya Sulton begim
Otasi Abulxayrxon
Dini Islom (sunniylik)
Dafn etilgan joyi Koʻkgumbaz maqbarasi
Mansubligi Shayboniylar

Abulxayrxon va Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton begimning farzandi. Oʻzbek ulusiga hukmronlik qilish uchun shayboniylarning Oʻrusxon, Kirayxon va Jonibeklar bilan boʻlgan kurashida qatnashgan. Shayboniyxon bilan birga Movarounnahrni bosib olishda faol ishtirok etgan. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, Samarqandni poytaxt qilib, Turkistonni Koʻchkunchixonga, Toshkentni Suyunchxoʻjaxonga bergan. Xoja Abulbaqo ibn Bahouddinning „Jome al-maqomot“ asari (17-asr)da yozilishicha, Suyunchxoʻjaxon boshliq shayboniylar qoʻshini Toshkentni qamal qilganda Shayx Xovand Tohurning avlodi – Xoʻja Tohir shaharni qahramonona mudofaasiga rahbarlik qilgan, biroq shahar Suyunchxoʻjaxon qoʻliga oʻtgan. Suyunchxoʻjaxonning chigʻatoylardan Sulton Saidxon bilan Toshkent uchun kurashi xalq boshiga koʻp kulfatlar keltirgan.

1509-yil 23-fevralda Sayxun boʻyida Qozoq xonligiga qarshi otlangan Shayboniyxon huzuriga boshqa sultonlar qatori Suyunchxoʻjaxon ham Toshkentdan 13 ming kishilik qoʻshin bilan yordamga kelgan. Roʻzbehxon Isfahoniyning yozishicha, bu qoʻshin oʻzining jipsligi, jangovarligi bilan alohida ajralib turgan va jangda katta shijoat koʻrsatgan. 1510-yil Shayboniyxon oʻlimidan soʻng Samarqanddagi Bibixonim masjidida shayboniy sultonlar Toshkent hokimi Suyunchxoʻjaxonga qasamyod qilganlar, Suyunchxoʻjaxon sulola boshligʻi deb eʼlon qilingan. Suyunchxoʻjaxon qarindosh-urugʻlariga Shayboniyxon tortib olgan mulklarini qaytarib bergan. Lekin shunga qaramay shayboniy sultonlar oilasidagi ittifoq oʻz oʻrniga tushmagan. 1510-yil shayboniylarning yoshi ulugʻi Koʻchkunchixon yangi xon etib saylangan. 1511—1512-yillarda Suyunchxoʻjaxon shayboniylarning Boburga va Sulton Saidxonga (1512—1514) qarshi kurashlarida qatnashgan. Suyunchxoʻjaxon esdaliklari Mahmud ibn Usmon Koʻhistoniyning „Tarixi Abulxayrxoniy“ asariga asos qilib olingan.

Suyunchxoʻjaxonning qabri Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan.

Madaniyat sohasidagi siyosati tahrir

 
Masʼud bin Usmoniyning „Tarixi Abulxayrxoniy“ asaridan shayboniylar davriga oid miniatyura (Qoʻshini bilan chekinib, soʻngra Hind daryosida otida suzib oʻtgan Jaloliddin Manguberdi Chingizxonning koʻz oʻngida qilichini quritayotgani va Chingizxon uning jasoratidan hayratda qolayotgani tasvirlangan)
 
Shayboniylar davri miniatyurasi, 1523-yil

Suyunchxoʻjaxon davridan boshlab va uning vorislari davrida oʻzbek tilining oʻlka adabiy hayotida tutgan oʻrni kuchaydi. Toshkent koʻplab intellektual elita vakillarini jalb qiladigan markazga aylanib bordi[1]. Suyunchxoʻjaxonning buyrugʻi bilan bir qancha asarlar fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik fors shoiri Saʼdiy Sheroziyning goʻzal dizayndagi „Boʻston“ qoʻlyozmasi uning oʻgʻli Navroʻz Ahmadxon uchun koʻchirildi[2].

Toshkent mahalliy hukmdorlarining rasmiy hujjatlari ham eski oʻzbek tilida yuritilgan[2]. Bunday hujjatlarning namunalari, masalan, „Yorliqlar toʻplami“ dan ilgari nomaʼlum boʻlgan hujjatlar hali ham saqlanadi. Bu hujjatlar OʻzFA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozma fondiga „1644“ inventar raqami bilan kiritilgan va fanda katta qiziqish uygʻotmoqda. Toʻplamda XVI-XIX asrlarga oid xonlar va mahalliy hukmdorlar tomonidan „avliyo“ Sulton Said avlodlari boʻlgan Qoraskan sayidlari nomidan chiqarilgan 146 ta farmon, suyurgʻol va tarxon hujjatlari mavjud. Eng birinchi hujjat Suyunchxoʻjaxon tomonidan hijriy 928 (1521/1522)-yilda Said Fozil Ali nomiga, eng soʻnggisi esa Xudoyorxonning oʻgʻli Nasriddinxon hijriy 1292-yil rajab oyida (1876-yil avgust) Said Jaloliddin Xoʻja nomiga berilgan[3].

Suyunchxoʻjaxon maʼrifatparvar hukmdor boʻlib, ajdodlari Mirzo Ulugʻbek va Abulxayrxon anʼanalariga amal qilib, oʻz saroyida mashhur olimlar, yozuvchilar va shoirlarni toʻplagan. Ulardan Zayniddin Vosifiy, Abdulloh Nasrullohiy, Mas’ud bin Usmoniy Koʻhistoniylar tilga olinadi. Shuningdek, Vosifiy 1518-yildan Suyunchxoʻjaxonning oʻgʻli Keldi Muhammadning tarbiyachisi boʻlib, 1525-yilda otasi vafotidan soʻng u bilan birga Toshkentga koʻchib oʻtgan, Keldi Muhammadning vafotidan soʻng u bilan birga Toshkentga koʻchib kelgan uning oʻgʻli Abulmuzaffar Hasan Sultonning tarbiyachisiga aylangan[4][5].

Abdulloh Nasrullohiy Suyunchxoʻjaxon buyrugʻiga binoan eski oʻzbek tilida oʻzining „Zubdat ul-asar“ tarixiy asarini eski oʻzbek tilida yozgan.

Akademik V. V. Bartoldning fikricha, Mas’ud bin Usmoniy Koʻhistoniyning „Taʼrixi Abulxayrxoniy“ tarixiy asari voqealar ishtirokchilaridan biri, ehtimol Suyunchxoʻjaxonning oʻzining hikoyalariga asoslangan va boshqa fikrlarga koʻra, bu hujjatlar saqlanib qolmagan[6].

Toshkentdagi mashhur chorbogʻ, toʻrt qismdan iborat „Kaykovus“ bogʻi qurilishi Suyunchxoʻjaxon nomi bilan bogʻlanadi. Shoirlar, yozuvchilar, sozandalar, fiqhshunoslar bu bogʻda toʻplanib, adabiy bahslar – majlislar, bayramlar oʻtkazganlar. Shuningdek, bogʻda Toshkent xoni qarorgohi va asosan oʻzbek sultonlari janglarida yaralanganlar uchun kasalxona boʻlgan[7].

Oilasi tahrir

 
Baroqxon madrasasi. Suyunchxoʻjaxon dafn etilgan joy. 1531—1532-yillarda oʻgʻli Navroʻz Ahmadxon koʻrsatmasi bilan qurilgan

Suyunchxoʻjaxonning ikki oʻgʻli boʻlgan: Toshkentda hukmronlik qilgan Keldi Muhammad (1525-1532) va 1532—1551-yillarda Toshkentda ham hukmronlik qilgan, 1552—1556-yillarda Samarqandda xon deb eʼlon qilingan Navroʻz Ahmadxon[5][8].

Uning nevaralari Boboxon va Darveshxon Toshkent, Andijon va Turkistonni birgalikda boshqargan[9].

Vafoti tahrir

Suyunchoʻjaxon 1525-yilda Toshkentda vafot etadi[10]. Rivoyatlarga koʻra, Suyunxoʻjaxon Turkistonda dafn etilgan va uning qabri oʻsha yerda joylashgan. Ammo afsona tarixiy voqelikka mos kelmaydi. Suyunchxoʻjaxon maqbarasi – Koʻk-Gumbaz maqbarasi Toshkentdagi Baroqxon madrasasi meʼmoriy majmuasida, Hazrati Imom majmuasida joylashgan[11].

1525-yilda Toshkent merosida hokimiyat uning oʻgʻli Keldi Muhammadga oʻtadi[12]. Xonning zamondoshi Abdulloh Nasrullohiy qalamiga mansub „Zubdat ul-asar“ tarixiy asarida Suyunchxoʻjaxonning oʻlimi haqidagi hikoyada xon oʻlimidan oldin oʻz oʻgʻli – „Sultonlar sultonini“, yaʼni Keldi Muhammadxonni (Muhammad sulton) chaqirgani va hokimyatni unga topshirgani aytiladi[13].

Adabiyotlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Филанович 2003, s. 69—71.
  2. 2,0 2,1 Mukminova R. G. Iz istorii kulturnoy jizni Tashkenta konsa XV—XVI veka // Obщestvennie nauki v Uzbekistane. – 1983. – № 9. – S. 26—30.
  3. Юлдашев 1964, s. 11.
  4. Юдин 1969, s. 174.
  5. 5,0 5,1 Keldi Muhammad, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi K harfi K // Khulva. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2000—2005 — 288 - bet. 
  6. Бартольд 1964, s. 490.
  7. Kaykovus chorbogʻi, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi K harfi K // Khulva. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2000—2005 — 29 - bet. 
  8. Бартольд 1973, s. 52—54.
  9. Зияев 1988, s. 71.
  10. Burton Audrey 1997, s. 11.
  11. Смагулов 1999, s. 119.
  12. Journal of Central Asia. Tom 16. – Centre for the Study of the Civilizations of Central Asia, Quaid-i-Azam University, 1993 – p. 67
  13. Бартольд 1973, s. 132.