“Zubdat ul-asar” (“ Solnomalar asari”) nomli o‘zbek tilidagi tarixiy asar. Muallifi Shayboniylar tarixchisi Abdulloh Nasrullohiy yoki Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrulloh boʻlgan.

Abdulloh Nasrullohiy XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi yarmida yashagan balxlik tarixchi olimdir. Tarixchi XV asrning 80—90-yillarida Balx hokimi Temuriyzoda Badiuzzamon Mirzoning xizmatida bo‘lgan. Hirot Shayboniyxon tomonidan 1507-yili ishg‘ol etilgandan keyin uning xizmatiga kirgan. 1510-yili Muhammad Shayboniyxon halok bo‘lganidan keyin, uning o‘g‘li Muhammad Temur Sulton huzuriga, Samarqandga kelgan. Keinchalik Abdulla Nasrullohiy Shayboniy Sultonlar bilan Toshkentga kelgan va Suyunchxojaxonning xizmatiga kirgan. Oradan ko‘p oʻtmay tarixchi Suyunchxojaxonning o‘g‘li, Shohruhiya hokimi Keldi Muhammad nomi bilan ham mashhur, Sulton Muhammadning xizmatiga yollangan va 1525-yili uning topshirig‘i bilan oʻzining “Zubdat ul-asar” nomli kitobini yozgan. “Zubdat ul-asar” umumiy tarix yo‘nalishida yozilgan va qadimdan to 1525-yilgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni qisqacha bayon qiladi. Unda XVI asrning birinchi choragida Xuroson va Movarounnahrda sodir boʻlgan voqealar birmuncha keng yoritilgan. Ayniqsa, Shayboniy sultonlar Suyunchxojaxon, Ko‘chkinchixon, Jonibek Sulton, Ubaydullaxon, Muhammad Temur Sulton bilan Bobur Mirzo va uning siyosiy ittifoqchilari Safaviylar oʻrtasida M ovarounnahr uchun davom etgan qurolli kurash, Suyunchxojaxon bilan Sulton Saidxon o ‘rtaisdagi 1512— 1514-yillardagi toj-u taxt uchun boʻlgan kurash tasvirlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.