Robiya sulton begim (15-asr) — Ulugʻbeknnng 7-qizi. Abulxayrxonning xotini. Abulxayrxon 1450 y. Sulton Abu Sayd bilan ittifoqlashib Samarqandni egallagan va R.Robiya Sulton begimga uylangan. Ularning nikohidan Suyunchxoʻjaxon, Koʻchkunchixon va Oq Burun sultonlar tugʻilgan. Suyunchxoʻjaxon va Koʻchkunchixonlar shayboniylar orasida katta nufuzga ega boʻlib Turkiston, Toshkent va Movarounnahrni idora etganlar. Koʻchkunchixon Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Shayboniylar davlatini boshqargan. Oʻsha davr odatiga koʻra taxtga bevosita Shayboniyxonning avlodlari emas, balki, yoshi katta Shayboniy yaʼni Muhammad Shayboniyxonning otasi Shohbudogʻsultonning ukasi yaʼni Muhammad Shayboniyning amakisi Koʻchkunchixon oʻtqazilgan. R.Robiya Sulton begim Ahmad Yassaviy maqbarasi yonida dafn etilgan.[1]

Robiya Sulton begim
Vafoti 1485
Otasi Mirzo Ulugʻbek

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil