Abu Said (Temuriy)
Abu Said – Temuriylar sulolasidan hukmdor (1424 – 1469), Mironshohning nabirasi.
Sulton Abu Said Mirzo | |
---|---|
Mirzo, Sulton, Shoh | |
Abu Said Mirzo, boburiylar davri miniatyurasi | |
Temuriylar imperiyasining Movarounnahr hukmdori | |
Saltanat | 1451—1469 |
Temuriylar imperiyasining sultoni | |
Saltanat | 1458—1469 |
Oʻtmishdoshi | Abdullo Mirzo |
Davomchisi | Sulton Ahmad Mirzo |
Tugʻilishi |
Mirzo Abu Said ibn Sulton Muhammad ibn Mironshoh Mirzo ibn Amir Temur 1424-yil Hirot shahri, Xuroson, Temuriylar imperiyasi. |
Vafoti |
1469-yil, 8-fevral Gʻarbiy Eron, Oq qoʻyunlilar davlati |
Dafn etilgan joy | |
Uy | Temuriylar |
Otasi | Sulton Muhammad |
Dini | Islom, sunniy |
Hokimiyat tepasiga kelishi
tahrirAbu Said temuriylarning oʻzaro urushlarida qatnashgan. Shayboniyxonning bobosi Abulxayrxon 1451-yilda Temuriylar davlatida Boburning bobosi Abu Saidning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Shu bilan birga, Abulxayrxonning qizi Xon-zoda Abu Saidga turmushga chiqdi. Uning qizidan nabirasi Temuriylar oilasining Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasida dafn etilgan[1].
Samarqandning bosib olinishi
tahrirOʻzaro keskin kurashlarda Abu Said ham boshqa temuriylar kabi Abulxayrxon boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklar yordamiga murojaat qilgan. Koʻchmanchilarning qudratli hukmdori Abulxayrxon 1451-yilning yozida Samarqandga qarshi yurishga shaxsan boshchilik qilgan. 1451-yil 10-iyunda hozirgi Bulungʻur dashtidagi Qutvon hududi yaqinida Abu Said bilan Abdulloh ibn Ibrohim Sulton oʻrtasida jang boʻladi. Abdulloh ibn Ibrohim butunlay magʻlubiyatga uchraydi va Abu Saidning buyrugʻi bilan oʻldiriladi. Qoʻshin Samarqandga yaqinlashgach, Abu Said boy shaharni vayron qilganiga afsuslanib, Abulxayrxonga qaytishga ruxsat beradi. Shundan soʻng shaharga kirib boradi[2]. Abulxayrxon bu yurishdan boy oʻljalar bilan qaytadi. Abu Said unga Ulugʻbekning qizi Robiya Sultonbegimni nikohlab bergan[3]
Hirotning bosib olinishi
tahrir1457-yil 21-yanvarda Abulqosim Bobur vafot etgach, oʻzaro nizolar kuchayadi. Mozandaronda hibsga olingan Alauddavlaning oʻgʻli Ibrohim Mirzo qochib[4], 1457-yil sentabrda Hirotni egallab oladi. Unga Abu Said qarshi chiqadi. Abu Saidni Balx hukmdori Shayx Hoji qoʻllab-quvvatlaydi. Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi Bahrizga panoh topgan Ibrohimni magʻlub etib, Abu Said gʻolib va qonuniy hukmdor sifatida 1457-yil 2-oktabrda Hirotga kirib kelgan.
Biroq tez orada Abdulatifning oʻgʻillari Muhammad Joʻqiy va Mirzo Ahmad Balxda isyon koʻtaradilar[5]. Abu Said Hirotdan ularga qarshi yoʻlga chiqib, isyonchilarni magʻlub etadi va Balxni egallaydi. Abu Said ham Xurosonga, ham Movarounnahrga yurish qilish uchun shu shaharda qolgan. Bahrizda sulton Ibrohim bundan foydalanib, Hirotni egallab olgan. Bu vaqtda Dashti Qipchoqqa qochib ketgan Ibrohim Mirzo yana kurashga chiqib, 1458-yil 23-aprelda Hirotda taxtga oʻtiradi. Biroq, dekabr oyining oʻrtalarida u Jahonshoh qoʻmondonligi ostida Qoraqoʻyunlu turkmanlarining hujumi ostida yana qochib ketadi.
Abu Saidning turkmanlarga qarshi kurashi muvaffaqiyatli kechib, 1458-yil 16-dekabrda nihoyat Hirotni egallaydi[6][7]. Keyinchalik Abu Said birlashgan Alauddavla va uning oʻgʻli Ibrohim, shuningdek, ularning ittifoqchisi, Marv hukmdori Sulton Sanjarni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Keyinchalik Abu Said Astrobod va Mozandaron ustidan ham oʻz hokimiyatini oʻrnatgan.
Xotinlari
tahrir1) Xonzodabegim
2) Robiyayi Sulton
3) Oʻgabegim
4) Qutlugʻ Sulton xonim
5) Malik Sultonbegim
6) Shox Sultonbegim
7) Shaxzodabegim
8) Xonzadabegim
9) Soliha Sulton ogʻo
10) Jamolbeka ogʻo Barlos va yana 25ta zavjasi boʻlib ulardan jami 59ta farzand koʻrgan
Ogʻillari: Sulton Muhammad(1452-1467)
2)Sulton Axmad(1451-1494) hukmronlik yili(1469-1494)
3) Sulton Mahmud(1453-1495) hukmronlik yili(1494-1495)
4) Muhammad Jahongir
5) Shox Muhammad
6) Muhammad Jahongir
7) Sulton Jahongir
8) Sulton Xalil
9) Sulton Ibrohim
10) Umar
11) Shoxrux(1459-1494)
12) Boysungʻur(1456-…)
13) Sulton Sanjar
14) Abdullo
15) Sulton Murod
16) Sulton Muhammad
17) Iskandar
18) Shox Mansur
19) Mironshox
20) Rustam
21) Sulton Usmon
22) Sulton Valad
23) Muzaffar
24) Umarshayx(1456-1494) bu kishi Zahiriddin Muhammad Boburning otalari
25) Ulugbek(1460-1501)[8]
Manbalar
tahrir- ↑ Lebedeva T. I., O neissledovannykh pogrebeniyakh Guri Amir //Arkheologiya, istoriya i kul’tura Sredney Azii. Tashkent, 2002, s.68
- ↑ Barthold, Vasilii Vladimirovitch. Four Studies on the History of Central Asia. Brill Archive, 1963 — 161-bet.
- ↑ Barthold (1963, s. 168)
- ↑ Jackson, Peter; Lockhart, Lawrence. The Cambridge History of Iran. Cambridge University Press, 1986 — 113-bet. ISBN 978-0-521-20094-3.
- ↑ Jackson & Lockhart (1986, s. 115)
- ↑ Jackson & Lockhart (1986, s. 114)
- ↑ Asimov, Muchammed Sajfiddinoviĉ; Bosworth, Clifford Edmund. History of Civilizations of Central Asia. UNESCO Publishing, 1998 — 350-bet. ISBN 978-92-3-103467-1.
- ↑ "Abu Said (Temuriy)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil