Keldi Muhammad
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Keldi Muhammad, Sulton Muhammad (?— 1532/33) — shayboniylardan hisoblanadi. Shohruhiya shahar va viloyat hokimi(taxminan 1517y.dan). Otasi Suyunchxoʻjaxon vafot etgach, Toshkent shahar va viloyat hokimi. Shayboniyxon davrida tarxonlikka koʻtarilgan. Shayboniylarning Shim.ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan, natijada Sirdaryo boʻyidagi bir qancha mulklarni qoʻlga kiritgan. Shayboniy sultonlarning Xurosonga yurishi payti (1528—29)da Marvni egallagan.
K.M. sheʼriyat, ilm-fanga qiziqqan. Saroyida turli xildagi adabiy bahslar uyushtirgan. Zamonasining yetuk adiblari bilan suhbat qurishni yoqtirgan, xususan, 1518-yil u mashhur adib Zayniddin Vosifiyni Samarqanddan oʻz huzuriga (Shohruhiyaga) chaqirtirib olgan. K.M.ning topshirigʻi bilan saroy tarixchisi Abdulloh Nasrullohiy „Zubdat ul-asar“ asarini yozgan.
Adabiyot
tahrir- Vosifiy Zayniddin, Batsoyeʼ ul-vaqoyeʼ (Nodir voqealar), [tarjimon N.Norqulov], T., 1979; Axmedov B.A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv.,] Pismennie pamyatniki], T., 1985.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |