Mozandaron
Mozandaron — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oraligida. Hozirgi maʼmuriy boʻlinish boʻyicha oston (viloyat). 9—12-asr manbalarida Tabariston nomi bilan maʼlum. 13-asrdan esa M.deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik boʻlgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. M.ni 14-asr oxirida Amir Temur qoʻshinlari egallagan. 16-asr boshida M. yana mahalliy hukmdorlar koʻliga oʻtgan. Abbos I davrida M.da mahalliy sulola tugatilib, M. Safaviylar davlatiga qoʻshilgan. 1920—21 yillarda M.dademokratik harakatlar avj olgan. 1946—51 yillari M.ning ayrim shaharlari (Bobil, Sari)da Angliya-Eron neft kom-paniyasiga qarshi ommaviy miting va namoyishlar boʻlib oʻtgan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |