Sabron, Savron — Turkiston shahrining shim.da mavjud boʻlgan qad. shahar va viloyat. Maxmud Koshgʻariyning yozishicha, S. yirik turk qabilasioʻgʻuzlar qoʻlida boʻlgan. S. 10-asrda kuchli chegara qalʼa hisoblangan. Maqdisiyning yozishicha, u 7 qator devor bilan oʻralgan. 11-asrdan shahar bir necha asr oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda S. umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (13-asr) ham uning ajamlar (arab boʻlmagan xalqlar), yaʼni turkiy xalqlar shahri boʻlganligini taʼkidlaydi. S. oʻtuzlar hududi bilan qoʻshni turkiy qabila — kimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri chegarasida joylashgan boʻlib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065-yil S saljuqiy sultonlardan boʻlgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. 13-asrda Joʻji ulusining sharqiy kismi — Oq Oʻrdaga tobe boʻlgan. Amir Temurning Oltin Oʻrdaga qilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.

Shayboniylar davrida muhim strategik qalʼa hisoblangan. 16-asrga kelib baland devor va chuqur xandaklar bilan oʻralgan mustahkam qalʼa sifatida qayd etilgan. Mashhur avliyo Mir Arab S.lik boʻlgan. 200 ta hind qullari kavlagan, dunyoda tengi yoʻq 2 ta koriz qurdirgan. Sdan 1 farsax narida boʻlgan korizning boshlanishi ustiga qalʼa qurilgan. Suv, hoʻkiz bilan aylantirilgan chigʻir orqali yuqoriga olib chiqilgan. 1582-yil Abdullaxon II shaharni egallagan, kanal qazish, dehqonchilik ishlarini yana yoʻlga qoʻygan, lekin S. oz fursatdan soʻng qozokdar hukmronligiga oʻtgan. Rossiya imperiyasining bosqini paytida qalʼa sifatida mavjud boʻlmagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil