Denov tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 2-sentabrda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari bilan chegaradosh. Maydon. 0,75 ming km2. Aholisi 409.5 mingdan kishidan ziyod (2023). Denov tumanida 1 shahar (Denov), 2 shaharcha (Doʻstlik va Xayrabod), 19 qishloq fuqarolari yigʻini (Qaraxon, Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ ,Paxtakurash MYF) bor. Markazi – Denov shahri.

Denov tumani
Denau district
tuman
Tarkibida Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Denov shahri
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi (1958 Yildan) 409 500
Millatlar tarkibi Oʼzbeklar, Tojiklar ,Turkmanlar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Pochta indeksi 733500
Avtomobil raqami kodi 75
Xaritada
Denov tumani xaritada
38°16′0.1″N 67°52′59.9″E / 38.266694°N 67.883306°E / 38.266694; 67.883306
Denov vokzli

Tabiati

tahrir

Denov tumanining shimol, janubiy va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp.

 
Denov tumani

Aholining aksari qismi (89,5%) oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 337 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi

tahrir

Tuman sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yogʻ ekstraksiya, Aroq-vino va pivo, konserva, sut, taʼmirlash-mexanika, gisht zavodlari, qurilish, neft mahsuloti korxonalari, paxta chuvish, kandolatchilik fabrikaalari, jami 38 sanoat korxonasi mavjud. Tadbirkorlarga karashli 200 ga yaqin kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, limon yetishtirish va boshqalar Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan bugʻdoy va arpa) bilan shugullaniladi. 12,7 ming ga yerga paxta, 10,1 ming ga yerga gʻalla ekiladi. Sugʻoriladigan yerlar 24,7 ming ga. Yaylovlarda qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi mavjud. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, tokchilik va vinochilik korporatsiyasining seleksiya stansiyasi joylashgan. Denov dendrariysi deb atalgan bu ilmiy laboratoriyada tabiatning 900 dan ziyod oʻsimligi, mevali oʻsimliklar (jumladan Yaponiyadan keltirilgan palma daraxti, magnoliya, xurmo, apelsin, yongʻoq, boshoqli oʻsimliklar) yetishtiriladi. Tuman hududidan xalqaro temir yoʻl, Xoʻjand—Dushanbe, Termiz—Dushanbe avtomagistral yoʻli oʻtgan. 87 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, 2 litsey, 3 oʻrta maxsus oʻquv yurti, sanʼat, musiqa maktablari, 3 kasb-hunar maktabi, 58 ommaviy kutubxona (500 ming kitob), 46 klub, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxonalar, 13 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 6 qishloq"vrachlik punkti, 7 poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari, 4 dispanser bor. Bu muassasalarda 3800 dan ziyod tibbiyot xodimlari ishlaydi. 1932-yildan „Chagʻoniyon“ tuman gazeta nashr etiladi (adadi 9000).[1]

 
Denov Shohbekati

Denov tumani

1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni 752,8 kv. km. Aholisi 181,6 ming kishi (Denov shahri aholisi bilan birga;1996). Tuman markazi-Denov shahri Termizdan 156 km shimoli – sharqda joylashgan. Termiz- Dushanbe temir yoʻlidagi bekat. Denovda Doʻstlik shaharchasi, 17 qishloq (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Pistamazor, Sina, Tortuvli, Xayrabod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Qiziljar, Hazarbogʻ) bor.Denov tumanining yer usti ulkan amfiteatrni eslatadi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdan – koʻp soylar va togʻ etaklaridagi baland „ zinapoyalar“ ajoyib manzara hosil qiladi. Tuman Surxondaryo vohasining shimoliy qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Shimoliy va sharqiy chegaralari boʻylab Surxondaryo va Toʻpolondaryo oqib oʻtadi. Gʻarbida Sina-Sangardak (3722m) togʻlari joylashgan. Tumandan Sangardak- Qizilsuv daryosi oʻtadi. Tumanda bir qancha koʻhna shahar xarobalari topilgan. Bulardan eng yiriklari:[Badrach, Xolchayon, Yurchi, Kuloltepa, Oqqoʻrgʻon, Changilbuva, Jartepa, Teshiktepa, Quloqtepa, Qizqoʻrgʻon, Qilichbuloq, Uchtepa, Chimqoʻrgʻon, Kallaminor va boshqalar. Tumanda 17 jamoa xoʻjaligi bor. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik asosiy oʻrin tutadi. Don ekinlari, sabzavot, yem – hashak ham yetishtiriladi. Uzumchilik, umuman, bogʻdorchilik rivojlangan. Yalovlarida qoramol, qoʻy (jumladan, hisor qoʻylari) boqiladi. „Hazarbogʻ“ jamoa xoʻjaligida 25 gektarlik terakzor barpo etildi. Anbarsoyning oʻng qirgʻogʻidagi qarovsiz joylarga 1,5 milion tup kaliforniya teragining qalamchasi ekildi. Qalamcha xoʻjalikning oʻzidan chiqdi. "Terak koʻp boʻlsa- uy – joy qurish Koʻpayadi, – deydi jamoa xoʻjalik boshqaruvi raisi Musurmonqul Sherqobilov.-Ota -bobomiz ilgari yogʻochni hech bir tashqaridan olib kelmagan. Shuning uchun terakzorlarni yana ham kengaytirish niyatidamiz "Denov tumanida 9 soat korxonasi mavjud boʻlib, 1995-yilda ularda 171 milion soʻmdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi. 70 kichik korxona va bitta qoʻshma korxona tuman xududida faoliyat koʻrsatmoqda.Denov tumanida 72 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, 9 bogʻcha – yasli, 4 maktabdan tashqimuassasa bor. 900 oʻrinli 14 kasalxona ishlab turibdi. Tumanda Muhammadi Keldiyev, Shaymardon Qobilov, Islomqul Toʻrayev, Boboraxmat Yusupov, Qayum Karimov, Zulfiya Allayorova, Halima Azimova kabi taniqli raislar, Mehnat Qahramonlari faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi, Termiz Davlat universitetining rektori Nazar Toʻrayev, fan doktori, jarroh Abdurahmon Mamadaliyev; taniqli baxshilar: Toshmurod baxshi, Boborahim baxshi; Mengziyo Safarov, Togʻay Murod, Nizomjon Parda kabi ijodkorlar; milliy kurash boʻyicha jahon chempioni Ergash polvon Mamarasulovlar tumanning faxri.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil