Olga Ivanovna Smirnova (27-iyun 1910, Sankt-Peterburg — 13-yanvar 1982) — sovet tilshunosi, Soʻgʻd va Turk-Sʻogʻd numizmatikasining asoschilaridan biri.

Eroniy tillar tarixi, Eron xalqlari va turkiy xalqlarning etimologiyasi va etnografiyasi sohasidagi mutaxassis, Soʻgʻd matnlarining tarjimoni. Leningrad davlat universiteti filologiya fakulteti sharqiy filialining Eron boʻlimini tugatgan. 1963-yildan SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad filialida / Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg filialida ishlagan (katta ilmiy xodim).

Smirnova Soʻgʻd va Turk-sʻogʻd numizmatikasining asoschilaridan biri edi. 1963-yilda Smirnova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Soʻgʻd numizmatikasiga katta hissa qoʻshgan Smirnovaning monografiyasi „Panjakent aholi punktidan tangalar katalogi“ deb nomlanadi (1963). Soʻgʻdiy va turkiy-soʻgʻd numizmatikasi boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib borgan. Smirnova hukmdorlar va belgilarning portretlari tushirilgan dastlabki Soʻgʻd tangalarini (5—6-asrlar), Soʻgʻd-Xitoy tangalarini, Soʻgʻd ixshidlari, Panjakent hukmdorlarini, Choch hukmdorlari, Ustrushana afshinlarini, turkiy-Soʻgʻdiy podsholarni ajratib koʻrsatdi. Tangalarda Choch, Oʻtror, Turkash, tuxus va boshqa hukmdorlarni tangalarini, oʻqib, ularning kelib chiqishi va etimologiyasini aniqladi. Hukmdorlarni aniqlash boʻyicha juda koʻp ishlarni amalga oshirdi.[1]

Olga Smirnova 1982-yilda vafot etdi.

ManbalarTahrirlash

  1. Davlatkhodzha Dovudi. Razvitiye numizmatiki v Tadzhikistane // Soobshch. Natsional’nogo muzeya Tadzhikis-tana. № 1, 2014. s. 104-126

AdabiyotlarTahrirlash

  • Smirnova O.I. (1950). Monety iz raskopok drevnego Pendzhikenta // MIA, № 15. M. — L., 1950, s. 224-231.
  • Smirnova O.I. (1963). Katalog monet s gorodishcha Pendzhikent. M., 1963, s. 56-57.
  • Smirnova O.I. (1963a). Klad abbasidskikh drakhm s Pendzhikentskogo gorodishcha // EV, XV. M.-L, 1963, s. 58-72.
  • Smirnova O.I. (1981). Svodnyy katalog sogdiyskikh monet. (Bronza). M., 1981.