Panjakent
Panjakent, Panjikent (sugʻ. pncyknδh[2], tojikcha: Панҷакент, диал. Панҷакат, forscha: پنجيكند) — Tojikistonning Sugʻd viloyatidagi shahar (1953-yilacha shaharcha). Zarafshon daryosi vodiysida, Samarqanddan 68 km janubi-sharqda joylashgan. Panjakent tumanining maʼmuriy markazi. Aholisi 40 ming kishiga yaqin (2013).
shahar | |
![]() | |
39°30′11″N 67°36′54″E / 39.50306°N 67.61500°E G OKoordinatalari: 39°30′11″N 67°36′54″E / 39.50306°N 67.61500°E G O | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Sugʻd viloyati |
Tuman | Panjakent tumani |
Hukumat | |
Ilk eslatilishi | miloddan avvalgi V |
Qachondan beri shahar | 1953 |
Markazi balandligi | 900 m |
Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
40 000 [1]. |
Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992 3475 |
Pochta indeks(lar)i | 735500 |
Avtomobil kodi | 02РТ |
|
Sanoati Tahrirlash
Oltin ruda kombinati, oziq-ovqat (vino, sut, tamaki-fermentatsiya, konserva zavodlari, goʻsht, sholi-un kombinattlari) sanoati mavjud. Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, pedagogika bilim yurti bor.
Tarixiy obidalari Tahrirlash
Hozirgi Panjakentdan 1,5 km janubi-sharqda qadimgi Panjakent shahri harobalari joylashgan. Uning maydoni 13,5 ga, shahriston, koʻhandiz, rabod va qabristondan iborat. Panjakentni 1938—40 yillarda arxeolog V. R. Cheylitko tekshirgan. Shahar harobalarini muntazam oʻrganishni A. Yu. Yakubovskiy 1946-yildan boshlab berdi, 1953-yildan tekshirish ishlarini A.M.Belenitskiy davom ettirdi. Shahristondan koʻp koʻcha tarmoqlari, Xom gʻisht va paxsadan qurilgan 2 qavatli ayvonli turar joy binolari, hunarmandchilik ustaxonalari va doʻkonlar qoldigʻi topildi. Shaxriston markazida 5—7-asrlarga oid ibodatxona koʻrinishida 2 ta bino boʻlgan. Shahar devoridan gʻarbda uch qavat istehkom bilan oʻralgan koʻhandiz joylashgan. Shahardan sharqsa esa 2 qavat uyli hovlilar (chorbogʻlar) boʻlgan. Koʻxandizda qamal vaqtida yashashga moʻljallangan mustahkam minora (donjon) va hokim saroyi joylashgan. Arxeologik qazishlar jarayonida Panjakentdan bir necha ming jez va kumush tanga topilgan. Bulardan Panjakentda zarb qilingan sugʻd tangalari alohida qimmatga ega. Sopol parchalariga sugʻd tilida va kamdan-kam arab tilida tush-siyoxda yozuvlar bitilgan. Kupchiligi yongʻin paytida kuyib ketgan sopol haykallar, oʻyib ishlangan yogʻoch shakllar, shuningdek, har xil mazmundagi manzaralar tasviri va naqshgul solingan yogʻoch gʻoʻlalar topildi. Ayniqsa, devorlarga ishlangan rasmlarda — oqsuyaklar bazmlari, diniy marosimlar, ov, janglar manzaralari va mifologik shakllar tasvirlangan. Shahar 5—8-asr oʻrtalarida ravnaq topgan, 8-asr 1-choragida shaharni arab bosqinchilari vayron qilgan. 8-asr 2-yarmida Panjakent butunlay harobaga aylanib, aholi yashamagan. Qadimgi Panjakent asosida muzey qoʻriqxona tashkil etilgan.[3]
Adabiyot Tahrirlash
- Якубовский А. Ю., Древний Панджиканд, в сборнике: По следам древних культур, М., 1951
- Беленицкий А. М., Распопова В. И., Древний Пенджикент, Душанбе, 1971
- Беленицкий А. М., Монументальное искусство Пенджикента. Живопись. Скульптура, М., 1973
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (1-yanvar 2013-yil). 21-sentyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-sentyabr 2013-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-09-21).
- ↑ Лурье П. Б. Историко-лингвистический анализ согдийской топонимики. Дисс. на соиск. уч. ст. канд. фил. наук. СПб. 2004.— Стр. 91
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar Tahrirlash
- http://meridian-tour.tj/tj-cities/penjikent-rodina-rudaki.html Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-09-29). Пенджикент – родина Рудаки
- http://meridian-tour.tj/tj-cities/penjikent-rodina-rudaki/penjikent-na-foto-i-kartinkah.html Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-09-29). Пенджикент на фото
- http://www.gupsayoh.tj/penjikent.html Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-09-28).
- http://slovari.yandex.ru/dict/bse/article/00058/15800.htm Wayback Machine saytida arxivlandi (2009-11-21).
- http://www.advantour.com/rus/tajikistan/penjikent/sarazm-settlement.htm
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |