Oʻrinboy Rahmonov
Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov (1910—1980) — Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi, badiiy rahbari, artist va shoir, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.
Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov | |
---|---|
Tavalludi |
4-mart 1910-yil Oʻsh shahri, Qirgʻiziston |
Vafoti |
5-oktabr 1980-yil (70 yoshda) Oʻsh shahri, Qirgʻiziston |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Aktyor, yozuvchi, shoir |
Turmush oʻrtogʻi |
Tursunxon Toʻychiboyeva (1918—54) |
Otasi | Rahmonberdi Madazimov |
Onasi | Bibixon |
Faoliyat yillari | 1927–80 |
Bolalari | 10 |
Hayot yoʻliTahrirlash
Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov 1910 yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari, rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan. Oʻrinboy Rahmonov 17 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1927 yildan boshladi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Ushbu qoʻshiqlarga oʻsha paytlarda birinchi ayol raqqosa Roziya Moʻminova lapar aytib raqsga tushgan. 1934 yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi safida Oʻrinboy Rahmonov Leningrad shahriga gastrolga bordi. Teatr repertuari „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi oʻzbek asarlaridan iborat edi. Ammo leningradlik sanʼat shinavandalari ularni shu qadar qizgʻin, shu qadar samimiy kutib oldilarki, ozgina muddatga moʻljallangan gastrol salkam bir oy davom etdi. Ijodiy jamoa korxonalarda, oʻquv yurtlarida, afsonaviy „Avrora“ kreyserida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishdi, 22 ta konsert berishdi. Gastrol soʻnggida artistlarni Leningrad viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi Sergey Kirov qabul qildi va oʻynalgan spektakllar, konsertlar leningradliklarda chuqur taassurot qoldirganini alohida taʼkidladi. Qabul marosimida Oʻrinboy Rahmonov ham ishtirok etdi va suhbat tugagach, teatr jamoasi bilan birga S.M.Kirov bilan rasmga tushdi. 1937 yili S.M.Kirov vafot etgandan soʻng, teatr uning nomi bilan ataldi.
1934 yili Toshkentda ilgʻor paxtakorlarning slyoti oʻtkazildi. Slyotda konsert berish uchun Oʻzbekiston Markaziy ijroiya qoʻmitasining raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning taklifi bilan teatri Toshkentga ijodiy safarga ketdi. Slyot qatnashchilari hofiz Abdulla taroq Fayzullayev, artistlar Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, Roziyaxon Moʻminova, Laylixon Moidova, Qodirjon Hamidov, Gʻulomjon Isroilovlarning chiqishlarini zoʻr olqishlar bilan kutib oldilar. 1934 yili teatr Moskvaga ham gastrolga borib keldi. 26-may-4-iyun 1939 yili Moskvadagi qirgʻiz sanʼati birinchi dekadasida qatnashib keldi va M.I.Kalinin bilan uchrashdi. 1939 va 1940 yillari Oʻrinboy Rahmonov[1] teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi[2]. teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, koʻplab teatr aktyorlari oʻz ixtiyori bilan frontga ketishdi. Oʻrinboy Rahmonov urush maydonida jiddiy yaradorlanib, Oʻshga yuborildi va teatrning badiiy rahbari etib tayinlandi va u 1949-yilgacha teatrga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida teatr sanʼatkorlari oʻzlarining Vatan oldidagi burchlarini chuqur his etib, frontda boʻlib, soldatlarga madaniy xizmat koʻrsatdilar. Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, E.Boʻtayeva, M.Otaboyevlar jangchilarni mardlikka, qaxramonlikka undadilar. Shu yillarda Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Komil Yashinning „Boʻron“, „Oʻlim bosqinchilarga!“, Sobir Abdullaning „Qurbon Umarov“, Uygʻunning „Hayot qoʻshigʻi“, Bil-Belotserkovskiyning „Chegarachilar“, Korneychukning „Front“ asarlarini sahnaga qoʻyib, teatr jamoasi mehnatkashlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshdilar.
Ijodiy jamoaning kamolotga erishuvida Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Hamzaning „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, K.Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, Shillerning „Makr va muhabbat“, Sobir Abdullaning „Tohir va Zuhra“, Oʻrdubodiyning „Besh soʻmlik kelin“, Hurshidning „Farhod va Shirin“, Komil Yashinning „Gulsara“, Uygʻunning „Navbahor“, „Oltinkoʻl“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi.
Oʻriboy Rahmonov Oʻsh oʻzbek drama teatrida 1927-1949 yillari, 1949-1952 yillari Qizilqishloq qishloq Kengashi masʼul kotibi, raisi vazifasini bajaruvchi, 1952-1965 yillari Qizilqishloqning „Eshonguzar“ masjidi oldidagi eski pochtasida boshliq, 1965 yildan savdo sohasida ishladi. Oʻrinboy Rahmonov 1949 yili teatrdan ketib, boshqa ishga oʻtsada, lekin shtatdan tashqari, ishdan keyin 1958 yilgacha rollar ijro etdi. Tomoshabinlarga va tanqidchilarga nemis ofitseri, „5 soʻmlik kelin“dagi ota va boshqa dramalardagi oʻynagan bosh rollari yoqqan. Abdugʻani Abdugʻofurovning fevral 2010-yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 1 va 3 betlarida Oʻrinboy Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatrining tashkil etishda va faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan va 1940 yildagi teatr afishasidagi ismi-sharifi aktyorlar roʻyxatida № 19 (42 betda) aks ettirilgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan, toʻrttasi roʻznomalardan chiqqan[3]. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780 yillar) qarindoshi boʻlgan. Qariganda Sulaymon togʻidagi Bobur hujrasini qarab yurgan va obod etgan, toqqa har chiqqanida ikki paqir suv olib chiqib, ekkan koʻchatlarini sugʻorgan. Oʻn ikkita farzandni tarbiyalagan. Toʻngʻich farzandi Dildorbek hoji Rahmonov ham Bobur nomli teatrda artist boʻlib ishlagan, uchta kinofilmda epizodik rollar oʻynagan. Yana bir oʻgʻli Darvishbek polvon Rahmonov otasiga oʻxshab oʻzini umrini sanʼatga bagʻishladi. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi va badiiy rahbari lavozimida ishlaydi[4]. Oʻrinboy Rahmonov 5-oktabr 1980 yili vafot etgan, qabri Oʻsh shahrining Sulaymon togʻida joylashgan „Goʻdak mozor“ qabristonida.
Oʻrinboy Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati, Qizilqishloq qishloq kengashi deputati boʻlib bir necha marta saylangan.
Oʻrinboy Rahmonovning Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxatiTahrirlash
God | Nazvaniye | Originalnoye nazvaniye oʻzbekcha: {{{1}}} | Avtor |
---|---|---|---|
1927 | Druzya | Oʻrtoqlar | K.Yashin |
1928 | Vnutri | Ichkarida | K.Yashin |
1929 | Xalima | Halima | Gulom Zafariy |
1929 | Aji-aji | Aji-aji | K.Yashin |
1930 | Istorii na xlopkovom pole | Paxta shumgʻiyalari | Umarjon Ismoilov |
1931 | Jenitba | Uylanish | N.V. Gogol |
1932 | Perevodchik | Tilmoch | Mannon Uygʻur |
1933 | ru:Аршин мал алан | Arshin mol olon | Uzeir Hojibekov |
1934 | Revizor | Revizor | N.V. Gogol |
1935 | Istoriya zagovorila | Tarix tilga kirdi | Nazir Safarov, Ziyo Said |
1935 | Sojjyom | Yondiramiz | K.Yashin |
1936 | Vmesto smerti | Oʻlim oʻrniga | J. Turusbekov |
1936 | Lyubov Yarovaya | Lyubov Yarovaya | K. Trenyov |
1936 | Komsomolskiy vzvod | Komsomol vzvodi | Tojizoda |
1937 | Obman i lyubov | Makr va muhabbat | Friedrich Schiller |
1937 | Farhod va Shirin | Farhod va Shirin | Sh. Xurshid |
1938 | Sluga dvux gospod | Ikki xoʻjayinga bir qul | K.Goldoni |
1938 | Sablya Uzbekistana | Oʻzbekiston qilichi | Sobir Abdulla |
1939 | Pogranichniki | Chegarachilar | Bill-Belotserkovskiy |
1939 | Bay i batrak | Boy ila xizmatchi | Hamza |
1939 | Taxir i Zuxra | Tohir va Zuhra | Sobir Abdulla |
1940 | Xolisxon | Xolisxon | Hamza |
1940 | Buran | Boʻron | K.Yashin |
1941 | Gulsara | Gulsara | K.Yashin va M.Muhamedov Arxivlandi 2018-08-26 Wayback Machine saytida. |
1941 | Leyla i Madjnun | Layli va Majnun | Xurshid |
1941 | Kurban Umarov | Qurbon Umarov | Sobir Abdulla |
1942 | Smert zaxvatchikam! | Oʻlim bosqinchilarga! | K.Yashin |
1942 | Prodelki Maysari | Maysaraning ishi | Hamza |
1942 | Front | Front | Aleksandr Korneychuk |
1943 | Davron ata | Davron ota | Sobir Abdulla |
1943 | Zafar | Zafar | Umarjon Ismoilov |
1944 | Nurxon | Nurxon | K.Yashin |
1944 | Nevesta za 5 som | Besh soʻmlik kelin | Oʻrdubodiy |
1945 | Pesnya jizni | Hayot qoʻshigʻi | Uygʻun |
1946 | Chest jenщini | Ayol nomusi | Muxtarov |
1947 | Vesna | Navbahor | Uygʻun |
1947 | Farhod va Shirin | Farhod va Shirin | Sh. Xurshid |
1948 | Krasniy galstuk | Qizil galstuk | K. Trenyov |
1948 | Pesnya jizni | Hayot qoʻshigʻi | Uygʻun |
1948 | Altinkul | Oltinkoʻl | Uygʻun |
1949 | Lepestki | Gʻunchalar | Zinnat Fatxullin |
1949 | Semurgʻ | Semurgʻ | Hamid Olimjon |
1950 | Adolat | Adolat | Ismoil Akram |
1950 | Alpomish | Alpomish | Sobir Abdulla |
1951 | Toktogul | Toʻqtagʻul | J. Bokonbayev |
1951 | Layli va Majnun | Layli va Majnun | Sh. Xurshid |
1952 | Yoriltosh | Yoriltosh | Shukur Saʼdulla |
1952 | Radost | Shodlik | Mahmud Rahmon |
1952 | Shyolkovoe syuzane | Shohi soʻzana | Abdulla Qahhor |
1953 | Alisher Navoiy | Alisher Navoiy | Izzat Sulton |
1953 | Natalka Poltavka | Natalka Poltavka | Nikolay Lisenko |
1953 | Nurxon | Nurxon | Komil Yashin |
1954 | Prazdnik na pole | Dalada bayram | Shukur Saʼdulla |
1954 | Serdechnie sekreti | Yurak sirlari | Baxrom Rahmonov |
1955 | Oftobxon | Oftobxon | Komil Yashin |
1955 | Devushka reki Gang | Gang daryosining qizi | Rabindranath Tagore |
1956 | Ravshan i Zulxumor | Ravshan va Zulhumor | Komil Yashin |
1956 | Lyubov k Rodine | Vatan ishqi | Zinnat Fatxullin |
1956 | Sunduk sekretov | Sirli sandiq | I. Axmedov |
1957 | Alpomish | Alpomish | Sobir Abdulla |
1957 | Yulduz | Yulduz | Samad Vurgʻun |
1958 | Oygul i Baxtiyar | Oygul va Baxtiyor | Hamid Olimjon |
1958 | Imenem revolyutsii | Revolyutsiya nomi bilan | M. Shatrov |
- 1927 yil-K.Yashin „Oʻrtoqlar“.
- 1928 yil-K.Yashin „Ichkarida“.
- 1929 yil-Gʻulom Zafariy „Halima“, K.Yashin „Aji-aji“.
- 1930 yil-Umarjon Ismoilov „Paxta shumgʻiyalari“.
- 1931 yil-Nikolay Gogol „Uylanish“.
- 1932 yil-Mannon Uygʻur „Tilmoch“.
- 1933 yil-Uzeir Hojibekov „Arshin mol olon“.
- 1934 yil-Nikolay Gogol „Revizor“.
- 1935 yil-Nazir Safarov, Ziyo Said „Tarix tilga kirdi“, K.Yashin „Yondiramiz“.
- 1936 yil-J. Turusbekov „Oʻlim oʻrniga“, K. Trenyov "Lyubov Yarovaya", Tojizoda „Komsomol vzvodi“.
- 1937 yil-Friedrich Schiller „Makr va muhabbat“, Sh. Xurshid „Farhod va Shirin“.
- 1938 yil-K.Goldoni „Ikki xoʻjayinga bir qul“, Sobir Abdulla „Oʻzbekiston qilichi“
- 1939 yil-Bill-Belotserkovskiy „Chegarachilar“, Hamza „Boy ila xizmatchi“, Sobir Abdulla „Tohir va Zuhra“.
- 1940 yil-Hamza „Xolisxon“, K.Yashin „Boʻron“.
- 1941 yil-K.Yashin va M.Muhamedov Arxivlandi 2018-08-26 Wayback Machine saytida. „Gulsara“, Xurshid „Layli va Majnun“, Sobir Abdulla „Qurbon Umarov“.
- 1942 yil-K.Yashin „Oʻlim bosqinchilarga!“, Hamza „Maysaraning ishi“, Aleksandr Korneychuk "Front".
- 1943 yil-Sobir Abdulla „Davron ota“, Umarjon Ismoilov „Zafar“.
- 1944 yil-K.Yashin „Nurxon“, Oʻrdubodiy „Besh soʻmlik kelin“.
- 1945 yil-Uygʻun „Hayot qoʻshigʻi“.
- 1946 yil-Muxtorov „Ayol nomusi“.
- 1947 yil-Uygʻun „Navbahor“, Sh. Xurshid „Farhod va Shirin“.
- 1948 yil-K. Trenyov „Qizil galstuk“, M.Uygʻun „Hayot qoʻshigʻi“, Uygʻun „Oltinkoʻl“.
- 1949 yil-Zinnat Fatxullin „Gʻunchalar“, Hamid Olimjon „Semurgʻ“.
- 1950 yil-Ismoil Akram „Adolat“, Sobir Abdulla „Alpomish“.
- 1951 yil-Bokonbayev „Toʻqtagʻul“, Sh. Xurshid „Layli va Majnun“.
- 1952 yil-Shukur Saʼdulla „Yoriltosh“, Mahmud Rahmon „Shodlik“, Abdulla Qahhor „Shohi soʻzana“.
- 1953 yil-Izzat Sulton „Alisher Navoiy“, Lisenko "Natalka Poltavka", K. Yashin „Nurxon“.
- 1954 yil-Shukur Saʼdulla „Dalada bayram“, Bahrom Rahmonov „Yurak sirlari“.
- 1955 yil-K. Yashin „Oftobxon“, Rabindranath Tagore „Gang daryosining qizi“.
- 1956 yil-K. Yashin „Ravshan va Zulxumor“, Zinnat Fatxullin „Vatan ishqi“, I.Ahmedov „Sirli sandiq“.
- 1957 yil-Sobir Abdulla „Alpomish“, Samad Vurgʻun „Yulduz“.
- 1958 yil-Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“, Shatrov „Revolyutsiya nomi bilan“.
Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.
Yozgan kitobiTahrirlash
- „Oʻsh va Oʻratepa shaharlarini boshqargan mingboshilar avlodidan Rahmonovlarning tarixi“, 420 b, Oʻsh shahri, 2016-yil[5].
Teatr sanʼatkorining xotirasiTahrirlash
Oʻrinboy Rahmonovning nomini abadiylashtirish maqsadida uning nomi Oʻsh viloyati, Qorasuv tumani, Qizilqishloq qishlogʻining Beshkapa mavzesi yangi cheklardagi uchta koʻchaga qoʻyildi[6][7].
OilasiTahrirlash
- Otasi — Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) din arbobi.
- Onasi — Bibixon (1884-1922) Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
- Birinchi rafiqasi: Tursunxon Toʻychiboyeva (1918-1954), Andijon shahrida tugʻilgan.
- Farzandlari: Dildorbek (1941)[8], Diloromxon (1943), Davlatbek (1949—2006)[9], Darvishbek (1952), Baxridilxon (1954), Donishbek (1957), Dilfuzaxon (1960), Stalin (1962), Mahfuzaxon (1964), Dilrabo (1971).
- Jiyanlari: Azizullo Izzatullayev, Anvar Qosimov, xonanda Muhammadkarim Soipov
- Oʻriboy Rahmonovning qarindoshlari: Xoʻjanazar Huvaydo, Habib Abdullayev
- Qudalari tomonidan qarindoshlari: Sulton va Qudrat Toirboyevlar[10][11], Boltixoji Sultonov, Izzat Sulton, Muxtor Sultonov, Mamadali Qurbonov, Mahmud Qosimov, Alisher Otaboyev, Qodir Raxmatovich Parpiyev, Ziroathon (Oyxon) Hoshimova, Erkin Komilov, Murod Zaynobiddinovich Salohiddinov — „Oʻzikkilamchiranglimetall“ OHJ sobiq raisi, Ahmadjon Davidov — Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi.
AdabiyotlarTahrirlash
- "Ошский узбекский музыкальный драматический театр" / А. Абдугафуров. — Фрунзе: Кыргызстан, 1980. — С. 7, 11. — 59 с. 21 sm, BBK 85.4. (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
- "Ошский академический театр" / А. Абдугафуров. — Ош: "Азия Принт", 2010. — С. 1, 3, 42. — 52 с. (oʻzb.)
- Qirgʻiziston ravnaqi fidokorlari энциклопедияси / Под рук. Жураева Б.Ж. (Абдугафуров А., Рахманов Д.Д. и др.). — Ош: "Ризван", 2017. — С. 30. — 336 с. UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
- "Проблематика поэтического слова в кыргызском зарубежье" / Сабирова В.К., Сарыбаева Г., Эрназарова Г.Б.. — Ош: ОшГУ, 2018. — С. 3. (rus.)
ManbalarTahrirlash
- ↑ Lyudi, kotorie menyali mir
- ↑ Aktyorskaya dinastiya, archived from the original on 2015-02-03, https://archive.today/20150203020052/http://www.echoosha.narod.ru/March07/deti.htm, qaraldi: 2015-02-03
- ↑ Oʻrinboy Rahmonovning sheʼrlari
- ↑ Aktyorskaya dinastiya, archived from the original on 2015-02-03, https://archive.li/20150203020052/http://www.echoosha.narod.ru/March07/deti.htm, qaraldi: 2015-02-03
- ↑ Bibliograficheskiy katalog
- ↑ Uvekovechena pamyat vidayuщegosya deyatelya kulturi Kirgizstana Urinboya Raxmonova[sayt ishlamaydi]
- ↑ Ulitsa Urinboy Raxmonova
- ↑ Dildorbek Urinboyevich Rahmonov
- ↑ Davlatbek Urinboyevich Rahmonov
- ↑ Pamirskie pisma kapitana Zaysova, archived from the original on 2020-10-26, https://web.archive.org/web/20201026061427/http://www.boris-belogolovy.ru/zaycev/zaycev27.html, qaraldi: 2019-12-25
- ↑ Toirboyev Sulton mingboshi