Afisha (frans. affi che — eʼlon) — reklamaning bir turi. Spektakl, konsert va boshqa adabiy tadbirlar, tomoshalar toʻgʻrisida xabar beruvchi maxsus eʼlon. A. tomoshaxonalar oldiga, koʻchalar, maydonlardagi maxsus taxtalarga yopishtirib qoʻyiladi. Mil. av. bunday eʼlonlar devorga, taxtaga, toʻrtburchak ustunlarga yozilgan; oʻrta asrlarda bu vazifani jarchilar bajargan. 16-asrdan A. qogʻozlarda bosila boshladi. 19-asrda A. ishlab chiqarish juda taraqkiy etdi. Bu soha bilan rassomlar shugʻullangani sababli A. tas-viriy sanʼatning bir turiga aylandi. 1914-yilning 15-yanvar Samarqandda, oʻsha yilning 27-fevral Toshkentda (Hamza tea-trida) „Padarkush“ (Behbudiy) spektak-li qoʻyilishi mu-nosabati bilan oʻzbek tilida ilk A.lar tarqatilgan. Hozirgi kunda suratli A.lar keng tarqalmoqda.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil