Bosh menuni ochish

Oʻsh — Qirgʻiziston janubida joylashgan, poytaxt Bishkekdan keyin „janubiy poytaxt“ maqomiga ega yirik shahar, viloyat markazidir. Oʻsh shahri 3000 yillik tarixga ega. Oʻsh chiroyli va juda tarixi buyuk shahardir. Shaharning oʻrtasidan Oqbura daryosi oʻtadi. Shuningdek, shahar markazida Sulaymon togʻi joylashgan. Togʻ choʻqqisida Zahiriddin Muhammad Bobur qurdirgan hujra bor. Ayni paytda shahar aholisi rasman 255 800 kishini tashkil qiladi.

Shahar
Oʻsh
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Qirgʻiziston
Viloyat Oʻsh viloyati
Koordinatalari 40°32′52″N 72°47′09″E / 40.54778°N 72.78583°E / 40.54778; 72.78583Koordinatalari: 40°32′52″N 72°47′09″E / 40.54778°N 72.78583°E / 40.54778; 72.78583
Aholisi 255 800 nafar (2009)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 3222
Pochta indeksi 723500
Oʻsh (shahar) (Qirgʻiziston)
Oʻsh

Oʻsh shahri 1939-yildan beri Oʻsh viloyatining markazi boʻlib kelyapti. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek, tojik, rus va boshqa bir qancha millat vaikkillari istiqomat qiladi.

AholisiTahrirlash

 
Oʻsh bozori

Oʻsh shahri — Qirgʻiziston shaharlari orasida aholisi boʻyicha Bishkekdan keyingi ikkinchi shahar hisoblanadi. 2011-yilning 1 yanvardagi hisobga koʻra, shahar aholisi 230 800 kishini tashkil qildi, shahar tarkibiga kiruvchi qishloq hududlari bilan esa, 255 800 kishi roʻyxatdan oʻtgan.[1]. Shahar aholisi shahar chetidagi qishloqlari bilan 500 ming kishinin tashkil qiladi (2008 yil)[2].

Aholining koʻpchilik qismini qirgʻizlar (43%) va oʻzbeklar (48%) tuzadi, shaharda shuningdek ruslar, turklar, tatarlar, uygʻurlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladilar

Shahar aholsining soni, ming kishi.
Yil 1939 1959 1970 1974 1979 1989 1991 1999 2009 2010 2011 2012
Aholi,
ming kishi
33,0 65,0 120,0 143,0 169,0 213,0 212,0 212,0 258,0 259,1 255,8 255,8
Shahar aholisining milliy tarkibi
(qishloq aholi punktlaridan tashqari)
Millat 2009-yilgi
roʻyxatga olish
boʻyicha[3]
Foiz (%)
Barchasi 232 816 100,00 %
Oʻzbeklar 112 469 48,31 %
Qirgʻizlar 100 218 43,05 %
Ruslar 6 292 2,70 %
Turklar 5 506 2,36 %
Tatarlar 2 703 1,16 %
Turkmanlar 885 0,38 %
Uygʻurlar 791 0,34 %
Tojiklar 679 0,29 %
Ozarbayjonlar 587 0,25 %
Ukrainlar 379 0,16 %
Koreyslar 319 0,14 %
Qozoqlar 265 0,11 %
Xitoylar 221 0,09 %
Kurdlar 199 0,09 %
Dunganlar 92 0,04 %
Olmonlar 90 0,04 %
boshqalar 1121 0,48 %

GeografiyasiTahrirlash

 
Sulaymon togʻi tepaligidan shaharning koʻrinishi

Oʻsh shahri Fargʻona vodiysining janubi-sharqiy tomonida boʻlib, Oʻsh-Qorasuv tekkisligida, dengiz sathidan 700-1200 metr balandlikda joylashgan. Tekkislikning yonginasida Sulaymon togʻi qaʼd koʻtarib turadi. Shahar oralab shimoliy, shimoliy-sharqiy qismlarida Oqbura daryosi Oloy tizmasidan, Fargʻona vodiysiga oqib oʻtadi.

IqlimiTahrirlash

Qishi sovuq, yanvar oyining oʻrtacha harorati –3,5°С. Bahor erta keladi va iliq boʻladi. Yozi issiq kelib, qurgʻoqchilik boʻladi. Iyulning oʻrtacha harorati 24,7°С. Yilning oʻrtacha harorati 11,2°С ni tashkil qiladi. Yogʻingarchilik meʼyori 350 mm ga yetadi.

Oʻsh iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 2 4 12 18 25 31 33 32 27 18 13 5 18
Oʻrtacha minimal, °C −6 −5 2 6 11 16 18 17 11 6 2 −4 6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 34 42 61 67 47 23 9 7 6 37 36 47 416
Manba: Яндекс погода

Taniqli shaxslarTahrirlash

Shuningdek qarangTahrirlash

HavolalarTahrirlash