Bosh menuni ochish

"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida joylashgan.

"Қалдирғоч" намунали цирк труппаси Тошкент вилояти Янгийўл тумани
Address
Xudoyberganov koʻchasi
Oʻzbekiston
Yangiyoʻl, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani,
Maʼlumot
Type Sirk
Asos solingan sanasi 1981
Asoschi Darvishbek Rahmonov
Direktor Darvishbek Rahmonov

TarixiTahrirlash

"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi 1981 yili Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani madaniyat boʻlimi qoshida tuzilgan. Sirk jamoasi Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolibi[1], 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan[2]. Truppaning badiiy rahbari Darvishbek polvon Rahmonov Toʻlqin Obidovning 1979 yili nashr etilgan „Oʻzbek polvonlari“ kitobida maʼlumotlar va rasmi chiqqan. S.Gʻoyipova, Y.Tojiboyev, U.Mustafoning 2002 yilda nashr etilgan „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ kitobida 68 betda, muqovada va boshqa betlarda „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining va Darvishbek Rahmonovning oltita rangli fotosurʼatlari chiqqan. Bundan tashqari, „Qaldirgʻoch“ namunali sirk truppasi toʻgʻrisida yuzdan ortiq maqolalar gazeta va jurnallarda chiqqan, Oʻzbekiston televideniesi orqali oʻnlab telekoʻrsatuvlarda chiqishlari namoyish etilgan.

Shu davr mobaynida „Qaldirgʻoch“ koʻp marta chet ellarda ijodiy safarlarda boʻlgan. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan har bir bayram tadbirlarida „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasi faol qatnashib keladi. Ustoz ishonchini oqlab Darvishbek polvon rahbarlik qilayotgan namunali sirk jamoasidan 34 yil ichida koʻplab shogirdlari, jonglyorlari, akrobatlari, ekvilibristlari, koʻz bogʻlovchilari, pantomimchilari, qiziqchi-masxarabozlari, dorbozlari va „Qaldirgʻoch“ sirk truppasining boshqa sobiq shogirdlari Toʻychi Tojiboyev (Toʻychi Xon)[3], Zuhra Parpiyeva (Tojiboyeva)[4], Azamat Mahkamov, Baxtiyor Tojiboyev, K.Jabborova, Anvar Satarov, Aleksandr Sorokin[5].hozirgi kunda xorijiy professional sirk maydonlarida oʻz sevgan sanʼatlarini namoyish etishmoqda. Darvishbek polvon hamisha izlanishda, yangi original postanovkalarni qoʻyadi. Dasturlarida koʻchirmachilik koʻrinmaydi, chiqishlari boshqa jamoalardan farq qiladi, ular ijro etgan tomoshalar boshqa guruhlarda qaytarilmaydi.

Truppaning badiiy rahbari Darvishbek Rahmonovning Oʻzbekiston Respublikasi sanʼati va madaniyati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan Darvishbek Rahmonov "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan[6]. „Tashkentskaya Pravda“ roʻznomasining 1 betida rasmi chiqan, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi Erkin Xalilov Darvishbek Rahmonovni Shuhrat medali bilan taqdirlamoqda.

Sirk sulolasiTahrirlash

Ot oʻrnini toy bosar deganlariday Darvishbek Rahmonovning farzandlari Xurshid, Xulkaroy, Umidbek, Muxsinalar „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining faol aʼzolari. Ular otasidan sirk sanʼati sirlarini oʻrganishib, bugungi kunda original sirk postanovkalarini qoʻyishmoqda[7]. Oʻgʻli Umidbek yoshligidan sirkka qiziqib, besh yoshida jahonda eng yosh narvon ekvilibristi boʻlgan. U 6 yoshida respublika televizion tanlovining gʻolibi boʻlgan. Shuning uchun Rahmonovlar sirk sulolasidir.

Olgan mukofotlari va sovrinlariTahrirlash

AdabiyotlarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash