Shavkat Rahmon
Shavkat Rahmon | |
![]() | |
Tavallud sanasi: | 12-sentabr 1950-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | O'sh |
Vafot sanasi: | 2-oktabr 1996-yil (46 yoshda) |
Kasb: | Adib |
Faoliyat: | shoir, tarjimon |
Mukofot: | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1996) |
HayotiTahrirlash
XX asr o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentyabrda Oʻsh (shahar) shahrida tug‘ilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik edilar. 1966 yil o‘rta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket ToshDUning filologiya fakultetiga o‘qishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan o‘ta olmaydi. Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov e’lon qilingach, o‘z she’rlarini yuboradi va tanlovdan o‘tadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdieva, Murod Muxammad Do‘st, Sobit Madaliev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1975 yilda o‘qishni tugatib, Toshkentga keladi va bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Shavkat Rahmon 1996 yil 2 oktyabrda uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
UnvonlarTahrirlash
1996 yilda shoirga «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi» unvoni berildi.
AsarlariTahrirlash
- «Rangin lahzalar» (1978),
- «Yurak qirralari» (1981),
- «Ochiq kunlar» (1984),
- «Gullayotgan tosh» (1985),
- «Uyg‘oq tog‘lar» (1986),
- «Xulvo» (1987) kabi she’riy kitoblari,
- Federiko Garsia Lorka she’rlari tarjimalari va boshq.
- Vafotidan so‘ng «Saylanma» si (1997) nashr qilindi.