Oʻsh (shahar)
Oʻsh — Qirgʻiziston janubida joylashgan, poytaxt Bishkekdan keyin „janubiy poytaxt“ maqomiga ega yirik shahar, viloyat markazidir. Oʻsh shahri 3000 yillik tarixga ega. Oʻsh chiroyli va juda tarixi buyuk shahardir. Shaharning oʻrtasidan Oqbura daryosi oʻtadi. Shuningdek, shahar markazida Sulaymon togʻi joylashgan. Togʻ choʻqqisida Zahiriddin Muhammad Bobur qurdirgan hujra bor. Ayni paytda shahar aholisi rasman 255 800 kishini tashkil qiladi.
Oʻsh | |
---|---|
shahar | |
40°32′52″N 72°47′09″E / 40.54778°N 72.78583°EKoordinatalari: 40°32′52″N 72°47′09″E / 40.54778°N 72.78583°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Viloyat | Oʻsh viloyati |
Aholisi (2009) |
255 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +996 3222 |
Pochta indeks(lar)i | 723500 |
Oʻsh shahri 1939-yildan beri Oʻsh viloyatining markazi boʻlib kelyapti. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek, tojik, rus va boshqa bir qancha millat vaikkillari istiqomat qiladi.
AholisiTahrirlash
Oʻsh shahri — Qirgʻiziston shaharlari orasida aholisi boʻyicha Bishkekdan keyingi ikkinchi shahar hisoblanadi. 2011-yilning 1 yanvardagi hisobga koʻra, shahar aholisi 230 800 kishini tashkil qildi, shahar tarkibiga kiruvchi qishloq hududlari bilan esa, 255 800 kishi roʻyxatdan oʻtgan.[1]. Shahar aholisi shahar chetidagi qishloqlari bilan 500 ming kishinin tashkil qiladi (2008 yil)[2].
Aholining koʻpchilik qismini qirgʻizlar (43%) va oʻzbeklar (48%) tuzadi, shaharda shuningdek ruslar, turklar, tatarlar, uygʻurlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladilar
Yil | 1939 | 1959 | 1970 | 1974 | 1979 | 1989 | 1991 | 1999 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 |
Aholi, ming kishi |
33,0 | 65,0 | 120,0 | 143,0 | 169,0 | 213,0 | 212,0 | 212,0 | 258,0 | 259,1 | 255,8 | 255,8 |
Millat | 2009-yilgi roʻyxatga olish boʻyicha[3] |
Foiz (%) |
---|---|---|
Barchasi | 232 816 | 100,00 % |
Oʻzbeklar | 112 469 | 48,31 % |
Qirgʻizlar | 100 218 | 43,05 % |
Ruslar | 6 292 | 2,70 % |
Turklar | 5 506 | 2,36 % |
Tatarlar | 2 703 | 1,16 % |
Turkmanlar | 885 | 0,38 % |
Uygʻurlar | 791 | 0,34 % |
Tojiklar | 679 | 0,29 % |
Ozarbayjonlar | 587 | 0,25 % |
Ukrainlar | 379 | 0,16 % |
Koreyslar | 319 | 0,14 % |
Qozoqlar | 265 | 0,11 % |
Xitoylar | 221 | 0,09 % |
Kurdlar | 199 | 0,09 % |
Dunganlar | 92 | 0,04 % |
Olmonlar | 90 | 0,04 % |
boshqalar | 1121 | 0,48 % |
GeografiyasiTahrirlash
Oʻsh shahri Fargʻona vodiysining janubi-sharqiy tomonida boʻlib, Oʻsh-Qorasuv tekkisligida, dengiz sathidan 700-1200 metr balandlikda joylashgan. Tekkislikning yonginasida Sulaymon togʻi qaʼd koʻtarib turadi. Shahar oralab shimoliy, shimoliy-sharqiy qismlarida Oqbura daryosi Oloy tizmasidan, Fargʻona vodiysiga oqib oʻtadi.
IqlimiTahrirlash
Qishi sovuq, yanvar oyining oʻrtacha harorati –3,5°С. Bahor erta keladi va iliq boʻladi. Yozi issiq kelib, qurgʻoqchilik boʻladi. Iyulning oʻrtacha harorati 24,7°С. Yilning oʻrtacha harorati 11,2°С ni tashkil qiladi. Yogʻingarchilik meʼyori 350 mm ga yetadi.
Oʻsh iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha maksimal, °C | 2 | 4 | 12 | 18 | 25 | 31 | 33 | 32 | 27 | 18 | 13 | 5 | 18 |
Oʻrtacha minimal, °C | −6 | −5 | 2 | 6 | 11 | 16 | 18 | 17 | 11 | 6 | 2 | −4 | 6 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 34 | 42 | 61 | 67 | 47 | 23 | 9 | 7 | 6 | 37 | 36 | 47 | 416 |
Manba: Яндекс погода |
Taniqli shaxslarTahrirlash
- Rahmonberdi Madazimov (1875—1933) — Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari, yozuvchi.
- Oʻrinboy Rahmonov (1910—1980) — Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, artist va shoir.
- Boltihoji Sultonov (1884-1919) - Qirgʻizistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Oʻsh uezdi rahbari oʻrinbosari (1918-1919), Janubiy Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash rahbarlaridan biri, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi (5 fevral 1918 yil).
- Shavkat Rahmon - oʻzbek shoiri
- Joʻraxon Rahmonov (1918—1977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Vatan urushi ordeni sohibi.
- Azizullo Izzatullayev (1925 — 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
- Davlatbek Rahmonov (1949 — 2006) — Oʻzbekiston prokuraturasi tizimi xodimi, Andijon viloyati prokurori yordamchisi va jamoat аrbobi.
- Sultonov Muxtor Nasrullayevich (1926—1998) — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985), (1989-1991), militsiya general-mayori, 20 dan oshiq orden va medallar bilan taqdirlangan.
- Darvishbek Rahmonov (1952) — Toshkent viloyati "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari, Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi, Shuhrat medali sohibi.
Shuningdek qarangTahrirlash
HavolalarTahrirlash
- ↑ Cite error: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedpop2011
- ↑ Всемирный банк поддерживает Проект улучшения инфраструктуры городов Бишкек и Ош в Кыргызстане
- ↑ Национальный статистический комитет Кыргызской Республики. Перепись населения и жилищного фонда Кыргызской Республики 2009 года. Книга III(в таблицах). Регионы Кыргызстана. Город Ош., archived from the original on 2011-08-10, https://web.archive.org/web/20110810174213/http://212.42.101.100:8088/nacstat/sites/default/files/%D0%B3%D0%BE%D1%80%D0%BE%D0%B4%20%D0%9E%D1%88.pdf, qaraldi: 2011-08-10
Vikiomborda Oʻsh (shahar) haqida turkum mavjud |