Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organi hisoblanib, oʻz vakolatlari doirasida fuqaro va inson erkinligi va huquqlarini himoyalashda davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, huquq-tartibotni saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshiradi.
Qisqartma | IIV |
---|---|
Turi | Harbiy, Huquqiy |
Maqomi | Vazirlik |
Shiori | "Xalq manfaatlariga xizmat qilish" |
Ishga tushgan sanasi | 1991-yil 25-avgust |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Vazir | Poʻlat Bobojonov |
Ishchilar soni | 120 000 dan ortiq |
Vebsayti | gov.uz/iiv |
Til(lar)i | Oʻzbek tili |
Tarixi
tahrir1919-yil 26-iyunda Turkiston ASSR Ichki Ishlar Xalq Komissariatining „Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchi-dehqon militsiyasi toʻgʻrisidagi Nizom“, oʻsha yilning iyul oyida qabul qilingan „Turkiston ASSRda, jinoiy qidiruvni tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom“, 1948 iilda qabul qilingan „Militsiya postlari va patrul xizmatining Nizomi“, 1953 yil 20-iyuldagi Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashining „Oʻzbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini saqlash choralari toʻgʻrisida“gi qarori, ichki ishlar idoralarida dastlabki tergov yuritish huquqini bergan sobiq ittifoq Oliy Kengashi Rayosatining 1963 yil 6-apreldagi „Jamoat tartibini saqlash idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish toʻgʻrisida“gi farmonlari Oʻzbekiston SSR ichki ishlar organlari faoliyatining asosi boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, ichki ishlar idoralari faoliyatida koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirildi. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 8-yanvardagi 16—sonli „Ichki ishlar idoralarida xizmat oʻtash tartibi haqidagi Nizom“, 2001 yil 27 mart kuni Oʻzbekiston Prezidentining „Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoni asosida ishlamoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Nizomi va tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25-oktabrdagi № 270-sonli qarori bilan tasdiqlangan. 2006-yil 25-oktabrdagi Oliy Majlis qaroriga muvofiq, shu kun ichki ishlar xodimlari kuni deb belgilandi.
IIV maxsus belgilari
tahrirIIVning bayrogʻi namunasi — toʻq kulrang toʻgriburchakli matodir, uning old va orqa tomonlari markazida geralʹdik belgi — diametri 98 sm boʻlgan aylana ichiga chizilgan IIVning emblemasi tasvirlangan. Geraldik belgi — IIVning emblemasi (oʻng tomondagi suratda, tahr.) chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toʻq kumush aylana koʻrinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida idoraviy mansublikni koʻrsatuvchi soʻzlar yozilgan, yozuvlar qatʼiyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan. Aylana oʻrtasida chetlari milliy ornament bilan bezatilgan, ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi qalqon tasvirlangan. Uning markazida doira ichiga chizilgan oʻngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma boʻlib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon ortida — tigʻi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir — kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi boʻlgan Xumo qushi tasvirlangan.
Tashkiliy tuzilishi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy devoni quyidagi organlardan tuzilgan:
- Vazir (Bobojonov Poʻlat Razzoqovich)
- Kotibiyat
- Tashkiliy boshqarmasi
- Oʻz xavfsizligi boshqarmasi
- Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
- Interpol milliy markaziy byurosi
- Matbuot xizmati
- Harbiy safarbarlik ishlari va fuqarolar mudofaasi boʻlimi
- Nazorat-taftish inspeksiyasi
- Ikkinchi boʻlim
- Yuridik boʻlim
- Jazoni ijro etish departamenti
- Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi
- Moliya, moddiy texnika va harbiy taʼminot bosh boshqarmasi
- Vazirning birinchi oʻrinbosari (Rahmonov Shavkat Navruzovich)
- Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi
- Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi
- Safarbarlik maxsus otryadlari boshqarmasi
- Yettinchi boshqarma
- Portlovchi moddalarni aniqlash, zararsizlantirish va yoʻq qilish ishlari boʻlimi
- Vazir oʻrinbosari (Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich)[1]
- Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi
- Huquqbuzarliklarni oldini olish bosh boshqarmasi
- Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
- Probatsiya xizmati
- Vazir oʻrinbosari (Nishanbayev Saidkarim Abduhokimovich)
- Xoʻjalik boshqarmasi
- Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi
- Qishloq va suv xoʻjaligi sohasida nazorat boshqarmasi
- Vazir oʻrinbosari (Ashrapov Ramazon Ahmadxoʻjayevich[2])
- Tergov departamenti[3]
- Ekspert-kriminalistika bosh boshqarmasi
- Migratsiya va fuqarolik ishlari bosh boshqarmasi
- Vazir oʻrinbosari (Nazarmuhamedov Davron Abitovich)
- Kadrlar bilan taʼminlash xizmati
- Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar xizmati
- Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi
- Tashkiliy-shtat ishlari boshqarmasi
- Tibbiyot boshqarmasi
- „Jar“ sport markazi
- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
- Malaka oshirish instituti
- Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari
- Akademik litseylar
- „Temurbeklar maktabi“ Nukus harbiy-akademik litseyi
- Ixtisoslashtirilgan maktab-internat[4]
- Vazir oʻrinbosari (Mirzarahimov Bahodir Yoʻldoshevich)
- Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari[5]
- Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi
- Harbiy va maxsus yuklarni tashish boʻlimi
- Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi
- Xavfsiz turizm boshqarmasi
- Vazir oʻrinbosari (Kurbanov Zufar Kamilevich)
- Аxborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi
- Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi
Vazirlar
tahrir- Lextman Naum Markovich (15-iyul — 4-noyabr 1934);
- Levin Zelman Markovich (4-noyabr 1934 — 9-yanvar 1935);
- Zagvozdin Nikolay Andreevich (9-yanvar 1935 — 19-avgust 1937);
- Apresyan Derenik Zaxarovich (19-avgust 1937 — 21-noyabr 1938);
- Sadjaya Aleksey Nikolaevich (19-dekabr 1938 — 26-fevral 1941);
- Babajanov Yuldash Babajanovich (26-fevral — 31-iyul 1941);
- Kobulov Amayak Zaxarovich (31-iyul 1941 — 18-yanvar 1945);
- Babajanov Yuldash Babajanovich (9-noyabr 1945 — 16 mart 1953);
- Bizov Aleksey Petrovich (16 mart 1953 — 17-aprel 1954);
- Babajanov Yuldash Babajanovich (17-aprel 1954 — 19-aprel 1957);
- Jalilov Tojiddin Azimovich (19-aprel 1957 — 11 mart 1964);
- Yaxyoyev Xaydar Xalikovich (11 mart 1964 — 5-iyul 1979);
- Ergashev Qudrat Ergashevich (5-iyul 1979 — iyun 1983);
- Ibragimov Neʼmatjon Ibragimovich (30-iyun 1983 — 1985)
- Rahimov Uchqun Sodiqovich (30-dekabr 1985 — 12-iyul 1989)
- Kamalov Vyacheslav Muxtarovich (2-avgust 1989 — 16-sentyabr 1991);
- Almatov Zakirjon Almatovich (16 sentyabr 1991 — 5-yanvar 2006);[6]
- Matlyubov Bahodir Ahmedovich (6-yanvar 2006 — 12-dekabr 2013);
- Axmedbayev Adxam Akramovich (12-dekabr 2013 — 4-yanvar 2017);
- Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (4-yanvar — 4 sentyabr 2017);
Hududiy boshqarmalari
tahrir- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi[7]
- Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi[8]
- Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi[9]
- Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi[10]
- Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi[11]
- Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi[12]
- Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi[13]
- Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi[14]
- Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi[15]
- Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi[16]
- Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi[17]
- Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi[18]
- Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi[19]
Yana qarang
tahrir- Amaldagi ichki ishlar vazirlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston IIV tizimida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi
- ↑ „Ички ишлар вазирлиги тизимида тайинловлар амалга оширилди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ Tergov bosh boshqarmasi
- ↑ „Bevosita bo’ysunuvchi xizmatlar:“. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/01/08/general-mayor-bahodir-mirzarahimov-iiv-rahbariga-orinbosar-boldi
- ↑ NKVD — MVD Uzbekskoy SSR
- ↑ Qoraqalpogʻiston ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti, 2019-07-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-07-22
- ↑ Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti
- ↑ Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Andijon viloyati IIB, 2020-09-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-27
- ↑ BUXORO VILOYaTI IChKI IShLAR BOShQARMASI, 2019-11-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-11-22
- ↑ Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi rasmiy sayti
- ↑ Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi
- ↑ Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, 2020-08-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-24
- ↑ Navoiy viloyati IIB[sayt ishlamaydi]
- ↑ Namangan IIB[sayt ishlamaydi]
- ↑ SAMARQAND VILOYaTI IChKI IShLAR BOShQARMASI, 2019-02-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-11-22
- ↑ Sirdaryo viloyati IIB, 2020-09-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-08-27
- ↑ Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi, 2019-07-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-07-22