Neʼmatjon Ibragimov

oʻzbek davlat arbobi, general-mayor

Neʼmatjon Ibragimovich Ibragimov — oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi. 1983—1985-yillarda OʻzSSR ichki ishlar vaziri boʻlgan.

Neʼmatjon Ibragimovich Ibragimov
Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vaziri
Mansab davri
1983-yil 30-maydan – 1985-yil 30-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Qudrat Ergashev[1]
Vorisi Uchqun Rahimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-may 1928-yil
Oʻsh shahri
Vafoti 24-yanvar 2008-yil(2008-01-24)
(79 yoshda)
Toshkent
Unvoni General-mayor

Bolaligi va taʼlimi

tahrir

1950-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

1944—1946 — Oʻsh shahridagi „Sharq“ jamoa xoʻjaligi buxgalteri.

1950—1956 — Andijon viloyati Andijon tumani prokuraturasida prokuror yordamchisi, tergovchi, katta tergovchi, tuman prokurorining muovini boʻlgan.

1956—1963 — Oʻzbekiston SSR prokuraturasi oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, katta tergovchisi, boʻlim boshligʻi.

1963—1966 — Oʻzbekiston SSR kommunistik partiyasi maʼmuriy boʻlimi instruktori.

1966—1970 — Oʻzbekiston SSR prokurorining oʻrinbosari.

1970—1972 — OʻzSSR ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshligʻi.

1972—1973 — OʻzSSR ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

1973—1983 — Oʻzbekiston SSR kommunistik partiyasi maʼmuriy boʻlimi mudiri.

1983—1985 — OʻzSSR ichki ishlar vaziri[2].

2008-yil 24-yanvar kuni vafot etgan.

Oilasi

tahrir

3 qizi va 2 oʻgʻli bor. Oʻgʻli Dilmurod Ibragimov — yurist, prokuratura tizimida ishlagan. Jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tumani sudi raisi boʻlgan. Oʻgʻli Baxtiyor Ibragimovdiplomat, 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili boʻlgan. Ayni vaqtda Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi.

Manbalar

tahrir