Baxtiyor Ibragimov (diplomat)
Ushbu maqola diplomat haqida. Olim haqida Baxtiyor Ibragimov maqolasiga qarang.
Baxtiyor Neʼmatjonovich Ibragimov | |
---|---|
Ibragimov, 2023-yil | |
Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi | |
Mansab davri 2023-yil 27-oktyabrdan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abat Fayzullayev[1] |
Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili | |
Mansab davri 2017-yil 8-maydan – 2023-yil 7-avgustgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Muzaffarbek Madrahimov |
Vorisi | Ulugʻbek Lapasov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-may 1966-yil Toshkent |
Baxtiyor Neʼmatjonovich Ibragimov – oʻzbek diplomati. 2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi[2]. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili[3][4][5].
Maʼlumoti
tahrir1989-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
1993-yilda Malayziya xalqaro aloqalar va diplomatiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrir1989—1992 – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi.
1992—1993 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro iqtisodiyot, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻlimining uchinchi kotibi.
1993—1995 – Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi uchinchi kotibi.
1995—1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi ikkinchi kotibi.
1998—2002 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi.
2002—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi xorijdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi.
2003—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2004—2009 – Oʻzbekiston BMTdagi doimiy vakolatxonasining siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.
2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2011—2017 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.
2017-yil 8-maydan 2023-yil 7-avgustgacha – Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili[6].
2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi, bir vaqtning oʻzida Vengriyadagi elchisi va BMT sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)dagi doimiy vakili[7][8].
Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega[9].
Oilasi
tahrirOtasi Neʼmatjon Ibragimov, general-mayor. Uzoq yillar prokuratura tizimida ishlagan. 1983—1985-yillarda OʻzSSR ichki ishlar vaziri boʻlgan[10]. Akasi Ibragimov Dilmurod Neʼmatjonovich, jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tumani sudi raisi boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi“. kun.uz (2023-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Ўзбекистоннинг Австриядаги янги элчиси иш бошлади“.
- ↑ „Улуғбек Лапасов Ўзбекистоннинг БМТдаги доимий вакили бўлди“.
- ↑ „Ministerstvo inostrannix del Respubliki Uzbekistan — Diplomaticheskie predstavitelstva za rubejom“. 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
- ↑ The Permanent Mission of the Republic of Uzbekistan to the United Nations
- ↑ „Узбекистан сменил постпреда при ООН“.
- ↑ Oʻzbekiston elchisi UNIDO huzurida akkreditatsiyadan oʻtdi
- ↑ „Ўзбекистоннинг Австриядаги янги элчиси иш бошлади“.
- ↑ „Мирзиёев присвоил высший дипломатический ранг постпреду Узбекистана при ООН“.
- ↑ NKVD – MVD Uzbekskoy SSR
Yana qarang
tahrir