Ulugʻbek Lapasov
Ulugʻbek Xidirovich Lapasov — oʻzbek diplomati, 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili[1]. 2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkiloti Jenevadagi boʻlimi va boshqa xalqaro tuzilmalardagi doimiy vakili[2]. 2022-yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti[3].
Ulugʻbek Xidirovich Lapasov | |
---|---|
Xalqaro intellektual mulk tashkiloti Bosh direktori Daren Tang (o‘ngda) 2022-yil 7-mart kuni BMTning Jenevadagi bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekiston doimiy vakili, elchi Ulug‘bek Lapasovdan Marokash shartnomasiga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni olmoqda | |
Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili | |
Mansab davri 2023-yildan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Ibragimov |
Oʻzbеkistоnning BMT Jeneva boʻlimidagi vakili | |
Mansab davri 2018-yildan – 2023-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Lola Karimova-Tillayeva |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-oktyabr 1982-yil Samarqand |
Maʼlumoti
tahrir2000—2005 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, xalqaro munosabatlar bakalavriati. Fransuz, ingliz, rus, oʻzbek (ona) tillarini biladi.
2005—2006 — Jan Mulen Lion universiteti magistraturasi.
2006—2007 — Fransiya milliy administratsiya maktabi maxsus kurslari.
Mehnat faoliyati
tahrir2004—2006 — Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalarida referent.
2006—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO bilan hamkorlik departamentida referent, attashe.
2008—2012 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy delegatsiyasida uchinchi kotib.
2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO bilan hamkorlik boshqarmasida boʻlim boshligʻi.
2014—2016 — Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida birinchi kotib.
2016—2018 — Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi, muvaqqat ishlar vakili.
2018-yil sentabrdan hozirgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Jenevadagi BMT boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili.
2022-yildan BMTning inson huquqlari kengashi vitse-prezidenti.
2023-yil 7-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili[4].