Interpol (fransuzcha: Organisation Internationale de Police Criminelle, OIPC) — xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923 yilda Vena shahri Avstriyada asos solingan. Hozirgi nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida 1-marta 1947 yilda paydo boʻlgan. 1949 yili BMT unga rasmiy ravishda xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilot maqomini berdi. "Interpol"ning amaldagi ustavi 1956 yil 13 iyunda kuchga kirdi. "Interpol" jinoyatchilarni roʻyxatga olish xalqaro markazi sifatida ish koʻradi, shuningdek, jinoyatchilarni (jinoyatlarda gumon qilinuvchilarni; bedarak yoʻqolganlarni; oʻgʻirlangan boyliklarni) xalqaro miqyosda qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 185 davlat (1998 yilda), shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi "Interpol"ning aʼzosidir (1994 yildan). OʻzR Ichki ishlar vazirligi tarkibida "Interpol"ning Oʻzbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. "Interpol"ning oliy organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qoʻmita, unga "Interpol" prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. Interpolga a'zo bo'lishni istagan har qanday davlat o'zining vakolatli hukumati nomidan Interpolning Bosh Kotibiga yozma ravishda murojaat qiladi[1]. Muayyan davlatni Interpolga qabul qilish masalasi Interpolning Bosh Assambleyasi tomonidan qatnashuvchilarning 2/3 qismining ovozi bilan hal qilinadi. Interpolning Nizomida bu hamjamiyatga apzodavlatlarning siyosiy, harbiy, diniy va irqiy masalalarga aralashmasligi talab etiladi. [2] "Interpol" 1946 yildan "Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi maʼlumoti" jur.ni nashr etadi. "Interpol"ning doimiy qarorgohi Fransiya qilib belgilangan. [3] Interpolning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: 1) Bosh Assambleya; 2) Bosh kotibiyat; 3) Milliy Markaziy byurolar; 4) Maslahatlar Interpol Prezidenti 4 yil muddatga, Vitse Prezidentlar esa, 3 yil muddatga saylanadi. Saylangan muddati tugaganidan keyin yana oЭsha muddatga qayta saylanishi mumkin emas[4] Tashkilot Prezidenti Bosh Assambleya va Ijroiya qo'mitasiga rahbarlik qiladi. Barcha Interpol organlarining faoliyati qabul qilinayotgan qarorlarga mos bo'lishini kuzatadi. Bosh kotib bilan aloqada bo'ladi. [5]

Interpol
Fayl:INTERPOL Logo.svg
davlatlar xaritasi
Ishga tushgan sanasi 1923
Joylashuvi Lion, France
Vebsayti www.interpol.int


Yana q.Tahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. M. Usmonaliyev, Y. Karaketov. Kriminologiya. Darslik. t T.: Yangi asr avlodi, 2001. t 510t511-betlar.
  2. Interpol Nizomi (3-modda) / Qarang: Овчинский В.С. Интерпол (в вопросах и ответах). - М; ИНФРА-М, 2001. - С. 143-152.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Usmonaliyev M., Karaketov Y. Kriminologiya. Darslik. t T.: Yangi asr avlodi, 2001. t 512-bet.
  5. OBLAKULOV D.O, MUSTANOV I.A. Xalqaro jinoyat huquqi. Toshkent "Adolat" 2013-yil

ENORME SALOPE SE FAIT ENCULER PAR RENOI AVEC UNE BITE D'ANE