Pornografiya (yunoncha: πόρνη (porne) — „fahsh“ va γράφω (grafo) — „yozaman“ soʻzlaridan) tomoshabin hirsini qoʻzgʻatish maqsadida jinsiy organlar yoki jinsiy aloqani tasvirlashdir. Pornografik materiallar turli vositalar, jumladan adabiyot, badiiy tasvir, fotografiya, haykaltaroshlik, video, film, tovush va videooʻyin asarlari shaklida tarqatiladi.

Pornografik filmning posteri

Pornografiya tayyorlanishi va tarqatilishi qator huquqiy va diniy normalar bilan chegaralangan.

Terminologiya Tahrirlash

Termin XII asrda Fransiyada chiqqan Retif de la bretonn Nikolaning „Pornograf, yoki odobli odamning fohishalikning haqiqiy beadabligi haqida oʻylari“ kitobi tufayli yuzaga kelgan.

Pornografiya Oʻzbekistonda Tahrirlash

Oʻzbekistonda pornografik mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyat hisoblanadi. Buning uchun maʼmuriy va jinoiy jazo belgilangan. Bunday qilmishni sodir etish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 189-modsasiga va Jinoyat Kodeksining 130-moddasiga koʻra, eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Yana qarang Tahrirlash

Manbalar Tahrirlash