Orinyak madaniyati (arxeologiyada) — Gʻarbiy Yevropadagi soʻnggi paleolit davri madaniyati. Fransiyadagi (Yuqori Garonna departamenti) Orinyak (Aurignac) gʻori nomidan olingan. Orinyak madaniyatida tasviriy sanʼatning eng qad. turi haykaltaroshlik paydo boʻlgan. Orinyak madaniyatining ilk davrida yorma texnika takomillashgan. Ushbu davr odamlari hozirgi zamon odami tipiga (Homo Sapiens) tegishli boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil