Monako
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Monako (Monaco), Monako knyazligi (Principaute de Monaco) — Janubiy Yevropada, Oʻrta dengiz so-hilidagi davlat. Maydoni 2 km². Aholisi 31,8 ming kishi (2001). Poytaxti — Monako shahri Monakoda monegasklar, fransuzlar, italyanlar yashaydi. Rasmiy til — fransuz tili. Dini — katolitsizm. Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga boʻlinadi. Bu okruglar bir-biri bilan qoʻshilib ketgan Monako, Kondamin va Montekarlo shaharlaridan iborat.
Monako Qirolligi Principauté de Monaco Principatu de Munegu | |
---|---|
Shior: Deo juvante (Lotincha: With God's help) | |
Madhiya: Hymne Monégasque | |
Poytaxt | Monako |
Hukumat | Semi-Konstitutsion Rohiblik |
• Rohib |
Prins Albert II |
Jon-Pol Prust | |
Mustaqillik | |
Maydon | |
• Butun |
001.95 km2 (236-oʻrin) |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
32,409 (215-oʻrin) |
• Zichlik | 16620/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$870 mil. (195-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$26,844 |
Pul birligi | Yevro (EUR) |
Qisqartma | MN |
Telefon prefiksi | 377 |
Internet domeni | .mc |
|
Monako — konstitutsiyali monarxiya (knyazlik). Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 17-dekabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — knyaz (1949-yil 9-maydan Renye III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz bilan Millim kengash (parlament) amalgaoshiradi. Ijroiya xrkimiyatini knyaz nomidan Davlat vaziri boshchiligidagi Hukumat kengashi boshqaradi.
Miloddan avvalgi 10— 1-asrlarda hozirgi Monako hududida finikiy, keyinroq yunon manzil-gohlari boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrda Monako darimliklar, keyinchalik arablar, milodiy 11-asrning 2-yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419-yildan Monako mustaqil knyazlik, 1524-yildan Ispaniya, 1641-yildan Fransiya protektorati. Fransiya inqilobi natijasida Monakoda knyazlik hrkimiyati agʻdarilib, mamlakat Fransiyaga qoʻshib olindi (1793). 1814-yilgi Parij sulhi Monako knyazligini tikladi, Vena kongressi (1814—15) qarori bilan Monako Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1861-yildan Fransiya protektorati. 1865-yilda Fransiya bilan bojxona ittifoqini tuzdi. Fransuz Moris Blan Monakoda qimorxona ochishga konsessiya oldi. "Dengizda choʻmilish jamiyati" tuzildi va u Montekarloda qimorxona majmuasini qurdi. Fransiya bilan Monako oʻrtasidat. yil qurilgach (1868), Montekarlodagi qimorxona dunyoga mashhur boʻldi va Monakoning asosiy daromad manbalaridan biriga aylandi.
1899-yil Monakoda Okeanografiya muzeyi tashkil etildi va u xalqaro okeanografiya tadqiqotlari markazi boʻlib qoldi. 1911-yil birinchi konstitutsiya joriy qilindi, unda saylab qoʻyiladigan Milliy kengash (parlament) koʻzda tutilgan edi. 1959-yilda knyaz Renye III Milliy kengashni tarkatib, konstitutsiyaning amal qilishini toʻxtatdi. 1962-yilda yangi konstitutsiya joriy etildi. 1963-yil 18-mayda Fransiya bilan Monako oʻrtasida tuzilgan bitimdagi konvensiyaga muvofiq, Fransiya Monakodagilarga erkin soliq solish huquqiga ega boʻldi. Monako — 1993-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19-noyabr — Millat kuni.
Monakoda oziq-ovqat, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, kema taʼmirlash korxonalari bor. 800 ga yaqin xalqaro kompaniya va 50 bank boshqaruvi ishlaydi. Monako — turizm markazlaridan biri. Bu yerda dunyoga mashhur kurortlar mavjud. Xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatish, kurortlar va qimorxonalar asosiy daromad manbaidir. Pul birligi — fransuz franki.
Monakoda rasmiy siyosiy partiyalar yoʻq; turli siyosiy tashkilotlar parlament saylovi vaqtida faoliyat yuritadi. Monako kasaba uyushmalari birlashmasiga 1944-yilda asos solingan. Monakoda oylik "Gazet Monako — Kot d’ Azyur" ("Monako gazetasi — Lojuvard soxil", 1976-yilda asos solingan), hukumatning haftalik "Jurnal de Monako" ("Monako gazetasi", 1858-yildan), "Monako aktyualite" ("Monako yangiliklari", 1985-yildan) gazetalari chiqadi. Montekarlo radiosi va Montekarlo televideniyesi 1954-yildan mavjud.
Monakoda boshlangʻich va oʻrta maktablar, hunartexnika bilim yurtlari, Monako shahrida Musiqa akademiyasi bor. Monako hududida topilgan £ "S qad. madaniyat izlari paleolit va neolit davrlariga mansub (Rasadxona, Bosse-Russe gʻorlari va boshqa joylardagi topilmalar). Finikiyaliklar hukmronligi davrida afsonaviy qahramon Melkart yoki Geraklga bagʻishlangan ibodatxona qurilgan. Gretsiya va Rim xukmronligi davrlariga oid sopol, oltin buyum va zebziynatlar, ayniqsa, koʻp topilgan. 1215-yilda genuyaliklar Monako qoʻltigʻi atrofidagi qoya tepasiga kurgan qalʼa 16-asrda saroyga aylantirildi va u Monako shahri tarixiy markazining oʻzagi boʻlib qoddi.
Monako sanʼati Fransiya va Italiya badiiy madaniyati taʼsirida rivojlandi. Bu yerdagi barcha muhtasham inshoot va binolar fransuz meʼmorlari loyihasi asosida qurilgan. Turar joylar, asosan, 2—3 qavatli imoratlar tarzida barpo etilgan. Keyingi yillarda baland binolar, koʻngilochar muassasalar koʻplab qurildi.[1]
Monako Iqtisodiyoti
tahrirBanklarning mahfiyligi va past soliqlar chet el mamlakatlaridan milliardlarning tinimsiz kelishiga olib keladi. Tashqi qarzi yo’q,Valyuta rezervi 2 mlrd $ ni tashkil etdi.Ishsizlik darajasi past 3%. Ajoyib iqlim sharoiti va kazinolar o’ziga turistlarni jalb qiladi. Monakoda yilida 300 kun quyoshlidir.Iqtisodiyotning asosiy daromadlari turizm sohasidan olinadi. Hamda, qurilish, farmatsevtika, kimyo va elektron sohasi, bank va moliya sektori tashkil etadi. YIM 1999-yili 870 mln $ni tashkil etdi. Yiliga korxonalar pul aylanmasi 9mlrd yevroni tashkil etadi. Ishsizlik darajasi past.45000 ish o’rinlari bo’lib,aholi sonidan ham ortiq.Monakoda ishlaydiganlar boshqa davlat vakillaridir. Iqtisodiy hamkor Fransiya.Umumiy bojhona va moliya tizimiga ega.Monako fransuz elektenergiyasini importiga bog’lanib qolgan. 1-yanvar 2002-yili Monako yevrodan foydalanishga o’tdi.2002-yilgacha Monegas frankidan foydalanar edi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |