Ish:

1) umumiy maʼnoda — muayyan narsani yasash, tayyorlash yoki biror yumushni bajarish uchun sarf qilinadigan mehnat, faoliyat; ishning turlari koʻp: aqliy mehnat, jismoniy mehnat, ilmiy ish, amaliy ish, nazariy ish va hokazo. U topshiriq, vazifa maʼnolarida ham qoʻllanadi (mas, uy vazifa-si, yozma ish va hokazo). Mehnat, faoliyat natijasida yaratilgan mahsulot, nar-sa ham ish, deb ataladi;

2) sud va maʼ-muriy organlarda koʻrilayotgan jarayon (mas, jinoiy ish, janjalli ish va b.);

3) fizikada — energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fizik kattalik;

4) mexanikada — kuchning taʼsir oʻlchovi; u kuchning katta-kichikligiga, yoʻnalishiga va kuch qoʻyilgan nuqtaning qancha siljiganligiga bogʻliq. Moddiy nuqtaga taʼsir etadigan kuchning bajargan ishi kuch Gʻ proyeksiyasining oʻtilgan yoʻl S ga koʻpaytmasi bilan oʻlchanadi, yaʼni A = Gʻ S cos f, bunda S= M[IMI nuqtaning Mo dan M, ga siljish yoʻli, a — kuch yoʻnalishi bilan yoʻl orasidagi burchak (rasmga q.). Umuman, coscp noldan katta (cos f > 0) yoki kichik (cos f < 0) boʻlishiga qarab, bajarilgan ish mus-bat yoki manfiy boʻladi. Moddiy nuq-taga bir vaqtning oʻzida bir nechta kuch taʼsir etayotgan boʻlsa, bajarilgan ish kuchlarning teng taʼsir etuvchisi bajargan ishga teng boʻladi.

Nyutonning harakat tenglamasiga asosan moddiy nuqtaga taʼsir etuvchi hamma kuchlarning bajargan umumiy ishi kinetik energiya oʻzgarishiga teng: l _ tx? _ mvo l ~ 2 2 ‘ bunda: v, i0 — moddiy nuqtaning boshlangʻich va oxirgi tezliklari. Mexanik ish bajarilishi natijasida kinetik energiya, u bilan bogʻliq holda esa harakatning mexanik shakli ham oʻzgaradi. Fizik jarayonlarda energiya oʻzgarishining miqdoriy koʻrsatkichining oʻzi jarayonning turiga bogʻliq. Agar sistema energiya bersa, sistemaning ishi musbat (ijobiy), agar energiya olsa, manfiy (salbiy) boʻladi. "ish" tushunchasi fizika va texnikaning boshqa sohalarida ham qoʻllanadi. 5) termodinamikada — termodinamik sistema holati oʻzgarganda tashqi muhitga uzatilgan yoki sistema qabul qilgan energiya. Termodinamik sistema tashqi muhit bilan taʼsirlashgandagina ishni miqdor jihatdan ifodalash mumkin. Bajarilgan ish kattaligi jismning termodinamik muvozanatda boʻlish-boʻlmasligiga bogʻliq. Mexanik ishning umumlashtirilgan ifodasidan termo-dinamikada ham foydalaniladi. Ishning oʻlchov birliklari SGS tizimida erg , SI tizimida Joul (J), texnik ti-zimda — kilogrammometr (KG m).[1]

5) toʻqimachilik/toʻquvchilik — to‘qish uchun tayyor bo‘lgan tanda.

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil