Ilgʻor
Ilgʻor, ilgʻa (qad. turkiycha — tez harakat qilmoq, hujum qilmoq) — 1) 6—8-asrlarda turkiy xalqlarda koʻshinning old tomonida boruvchi harbiy qism, avangard. Koʻk Turk xoqonligi cherigida yizak, jizag , ilki su; qoraxoniylar, xorazmshohlar qoʻshinida yazak, temuriylar, shay-boniylar hamda soʻnggi xonliklar ar-miyasida manglay, hiravul, taloya (toliyʼa) kabi istiloh I. maʼnosida isteʼmolda boʻlgan; 2) suvoriylarning qoʻqqisdan uyushtirgan huju-mi, oʻlja olish maqsadida qilingan bosqin, gʻorat maʼnosida eski oʻzbek tilida keng qoʻllanishda boʻlgan; "Qosimbek va Ibroqim Soru va Vays Logariy boshliklarni ikki tarafga ilgʻor yiborilib edi" (Boburnoma, 58).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |