Qaldirgʻoch namunali sirk truppasi
"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida joylashgan.
"Қалдирғоч" намунали цирк труппаси Тошкент вилояти Янгийўл тумани | |
---|---|
Address | |
Xudoyberganov koʻchasi Oʻzbekiston Yangiyoʻl, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani, | |
Maʼlumot | |
Type | Sirk |
Asos solingan sanasi | 1981 |
Asoschi | Darvishbek Rahmonov |
Direktor | Darvishbek Rahmonov |
Tarixi Tahrirlash
"Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi 1981 yili Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani madaniyat boʻlimi qoshida tuzilgan. Sirk jamoasi Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolibi[1], 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan[2]. Truppaning badiiy rahbari Darvishbek polvon Rahmonov Toʻlqin Obidovning 1979 yili nashr etilgan „Oʻzbek polvonlari“ kitobida maʼlumotlar va rasmi chiqqan. S.Gʻoyipova, Y.Tojiboyev, U.Mustafoning 2002 yilda nashr etilgan „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ kitobida 68 betda, muqovada va boshqa betlarda „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining va Darvishbek Rahmonovning oltita rangli fotosurʼatlari chiqqan. Bundan tashqari, „Qaldirgʻoch“ namunali sirk truppasi toʻgʻrisida yuzdan ortiq maqolalar gazeta va jurnallarda chiqqan, Oʻzbekiston televideniesi orqali oʻnlab telekoʻrsatuvlarda chiqishlari namoyish etilgan.
Shu davr mobaynida „Qaldirgʻoch“ koʻp marta chet ellarda ijodiy safarlarda boʻlgan. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan har bir bayram tadbirlarida „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasi faol qatnashib keladi. Ustoz ishonchini oqlab Darvishbek polvon rahbarlik qilayotgan namunali sirk jamoasidan 34 yil ichida koʻplab shogirdlari, jonglyorlari, akrobatlari, ekvilibristlari, koʻz bogʻlovchilari, pantomimchilari, qiziqchi-masxarabozlari, dorbozlari va „Qaldirgʻoch“ sirk truppasining boshqa sobiq shogirdlari Toʻychi Tojiboyev (Toʻychi Xon)[3], Zuhra Parpiyeva (Tojiboyeva)[4], Azamat Mahkamov, Baxtiyor Tojiboyev, K.Jabborova, Anvar Satarov, Aleksandr Sorokin[5].hozirgi kunda xorijiy professional sirk maydonlarida oʻz sevgan sanʼatlarini namoyish etishmoqda. Darvishbek polvon hamisha izlanishda, yangi original postanovkalarni qoʻyadi. Dasturlarida koʻchirmachilik koʻrinmaydi, chiqishlari boshqa jamoalardan farq qiladi, ular ijro etgan tomoshalar boshqa guruhlarda qaytarilmaydi.
Truppaning badiiy rahbari Darvishbek Rahmonovning Oʻzbekiston Respublikasi sanʼati va madaniyati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan Darvishbek Rahmonov "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan[6]. „Tashkentskaya Pravda“ roʻznomasining 1 betida rasmi chiqan, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi Erkin Xalilov Darvishbek Rahmonovni Shuhrat medali bilan taqdirlamoqda.
Sirk sulolasi Tahrirlash
Ot oʻrnini toy bosar deganlariday Darvishbek Rahmonovning farzandlari Xurshid, Xulkaroy, Umidbek, Muxsinalar „Qaldirgʻoch“ sirk jamoasining faol aʼzolari. Ular otasidan sirk sanʼati sirlarini oʻrganishib, bugungi kunda original sirk postanovkalarini qoʻyishmoqda[7]. Oʻgʻli Umidbek yoshligidan sirkka qiziqib, besh yoshida jahonda eng yosh narvon ekvilibristi boʻlgan. U 6 yoshida respublika televizion tanlovining gʻolibi boʻlgan. Shuning uchun Rahmonovlar sirk sulolasidir.
Olgan mukofotlari va sovrinlari Tahrirlash
- Shuhrat medali Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 26 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan.
- Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori.
- 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati.
- Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolib, 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan.
Adabiyotlar Tahrirlash
- Toʻlqin Obidov „Oʻzbek polvonlari“ 1979 yil, Toshkent shahri, 37, 53 betlar.
- S.Gʻoyipova, I.Tojiboyev, U.Mustafo „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ 2002 yil, Yangiyoʻl, muqovasi, 68 bet.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Festival sirkovogo iskusstva[sayt ishlamaydi]
- ↑ Kollektivu 30 let
- ↑ Premera sirkovogo spektaklya „Zak-Li-Natel“, 2015-12-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-25
- ↑ Tuychi Xan — Tadjibayev Tuychibay Madaminovich, 2016-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-25
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 18 (yordam) - ↑ Na arene „Lastochka“, 2016-03-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-25
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan
- ↑ Ostonasi oltin deyman uyimni, 2016-02-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-25
Havolalar Tahrirlash
- Kollektivu 30 let
- Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan
- Ostonasi oltin deyman uyimni Archive.is saytida arxivlandi (2016-02-19)
- Na arene „Lastochka“ Archive.is saytida arxivlandi (2016-03-02)
- Festival sirkovogo iskusstva[sayt ishlamaydi]
- Festival kanatoxodsev i masterov sirka[sayt ishlamaydi]
- Qaldirgʻoch qanot yoymoqda Archive.is saytida arxivlandi (2016-02-09)
- Ix stsena — arena Archive.is saytida arxivlandi (2015-11-14)
- Chet elliklar hayratda Archive.is saytida arxivlandi (2015-11-14)
- Aktyorskaya dinastiya Archive.is saytida arxivlandi (2015-02-03)
- Oni stoyali u istokov Archive.is saytida arxivlandi (2015-02-03)
- Tsentraziya Personi Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-01-05).
- Biografii znamenitostey
- Tuychi Xan — Tadjibayev Tuychibay Madaminovich Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-13).
- Premera sirkovogo spektaklya „Zak-Li-Natel“ Archive.is saytida arxivlandi (2015-12-27)
- Bolshoy Moskovskiy sirk predstavil vostochnuyu skazku „Zak-Li-Natel“
- Pro Zak-li-natelya. Retsenziya
- "Karnaval chudes" Tuychi-Xana Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-09-16).
- Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 1 Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-02-03).
- Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 2 Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-02-03).
- Sirk sanʼati arbobi Darvishbek Rahmonovning surʼati 3 Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-02-03).
- Video Tuychi Xan. Chudesa eskapizma Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-03-04).
- Video "Tuychi Xan, nomer „Illyuzionnie shutki“[sayt ishlamaydi]
- Video "Tuychi Xan v peredache „Istorii v detalyax“[sayt ishlamaydi]