Bosh menuni ochish

Erkin Komilov (1946.20.7, Andijon viloyati, Kurfa qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1968). 1966 yildan Hamza teatrida aktyor. Eng yaxshi rollari: Qilichbek ("Oltin devor"), Qobiljon ("Samandar"), Ibn Sino ("Beruniy"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Jevakin ("Uylanish"), Glumov ("Har toʻkisda bir ayb"), Myasnikov ("Qatagʻon"), al-Zokir ("Piri Koinot"), Boyazit ("Sohibqiron Timur"), Ikrom ("Ufq"), Albeni ("Qirol Lir"), Abulfayzxon ("Abulfayzxon"), Ortiq ("Noyob nusxa"), Mannon Uygʻur ("Tomosha davom etadi"), Garrison ("Yetti faryod") va boshqa Yaratgan obrazlariga oʻziga xos rang berib, harakterlarning ishonchli chiqishiga erishadi. Rol oʻynashda yaxshilik, tabiiylik, qahramonning hissiyot va kechinmalarini murakkab majmuini bera olish, aktyor siyratidagi jilovlangan kuch, ziyolilik, ichki madaniyatning joʻsh urishi K. ijodiga xos.

K. kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Begimqul ("Yuzsiz"), Yoʻldosh ("Sevgi"), Muslim ("Oʻtgan kunlar"), Valixoʻja eshon ("Amirning hufiyona yurishi"), Hurram ("Tilla bola"), Boyazid Yildirim ("Amir Timur"), Qurbonov ("Uchishga ruxsat eting"), Dovjenko kinostudiyasida "Yulduz shuʼlasi" filmida Ergash Sobirov va boshqa Video va telefilmlarda Aziz Qosimov ("Girdob"), Sultonmurod ("Alisher Navoiy"), Haydar ("Diyonat"), Abdurahim Saidov ("Yoz yomgʻiri"), Charlz Forister ("Qora karvon"), Bachana ("Abadiyat qonuni"), Abdujabbor ("Qora koʻzlar"), Mayor Salihov ("Soʻnggi oʻq"), Haydar (Kesak polvon) ("Shaytanat"), Shokir ota ("Yettinchi falakdan kelgan ovoz") kabi rollar ijro etgan. "Otalar soʻzi—aqlning koʻzi" koʻrsatuvida 100 dan ortiq rol oʻynagan, 500 dan ortiq film (ayniqsa, multfilm, ertak-filmlar)ni dublyaj qilishda qatnashgan.[1]

FilmografiyaTahrirlash

FilmTahrirlash

Yil Film nomi Rol
„Amir Temur“ Boyazid I Yildirim
1986 „Amirning hufiyona yurishi“ Valixoʻja eshon
2008 „Afyun girdobi“ Ashim
„Alisher Navoiy“ Sultonmurod
2004 „Afandi va Azroil“ podshoh
„Abadiyat qonuni“ Bachana
2015 „Barakasini Bersin“ Haydar buva
2005 „Baxt uchun million“ Normat aka
2004 „Devona“
„Diyonat“ Haydar
1992 „Oltin devor“ kameo
„Yettinchi falakdan kelgan ovoz“ Shokir ota
2010 „Firibgar“
1999 „Fellini“ Erkin Komilov
„Girdob“ Aziz Qosimov
2014 „Gumrohlar“
„Hiyonat“
„Ijobat“
2011 „Jigarbandim“ Sodiq
1992 „Kim jinni?“
2014 „Katta hovli“
1993 „Marif va Sharif“ aktyor Otello
2004 „Malika“ Malikaning otasi
2012 „Mehrigiyo“ Alisherning otasi
2010 „Qalb koʻzi“ domla
2008 „Qizgʻaldoq“
„Qora koʻzlar“ Abdujabbor
„Qora karvon“ Charlz Forister
2015 „Qilmish qidirmish“
2004 „Qalblar toʻlqini“ Arslon
2013 „Rashk“ Erkin Komilov
„Rashk 2“ Erkin Komilov
2007 „Sogʻinch sohili“ Misha togʻa
1998 „Sevgi (Любовь)“ Yoʻldosh
2009 „Suv yoqalab“ Bolta Mardon
2009 „Soʻnggi lahza“ Sevaraning otasi
1982 „Suyunchi (film)“
„Soʻnggi oʻq“ Solihov
1989 „Siz kim siz?“
2004 „Sarvinoz“ Normat aka (ovoz bergan)
„Taqdir zarbasi“
„Tilla bola“ Hurram
1978 „Toʻylar muborak (film)“
1991 „Temir erkak“ ovoz bergan
„Uchishga ruxsat eting“ Qurbonov
2005 „Ulfatlar“ Temir
2008 „Ulfatlar 2“ Temir
2014 „Ulfatlar 3 yoxud ulfatlar Tailandda“ Temir
2015 „Vijdon“
„Yoz yomgʻiri“ Abdurahim Saidov
„Yoʻqotilgan vaqt“
1992 „Yuzsiz“ Begimqul
„Yulduz shuʼlasi“ Ergash Sobirov
1995 „Yulduzingni ber osmon (Верни звезду мою)“
2012 „Oʻgay ona“ Murod aka
1969 „Oʻtgan kunlar“ Muslim
2006 „Shiringina armonim“
2006 „Sunami“ Botir aka
1982 „Suyunchi“
1992 „Бедные люди“
2001 „Горе-злосчастье“
1987 „Смысл жизни“
1990 „Под маской "Черной кошки"“
2016 „Toliqqan koʻngillar oyga talpinar“
2016 „Muqaddas istak“
2016 „Ona“

SerialTahrirlash

Yil Film nomi Rol
„Nafs balosi“
„Qonli olishuv“ Naim
1998-2003 „Shaytanat“ Haydar „Kesak polvon“
1999 „Zanjir“ Erkin aka
2010 „Jiyda guli“
2010 „Jiyda guli“
2016 „Qasam“
2016 „Tugun“
2015 „Mehmonxona“
2017-2018 „Mehmonxona“

SerialTahrirlash

Son Film nomi Rol
100 „"Otalar soʻzi—aqlning koʻzi"“ koʻrsatuvida 100 dan ortiq rol oʻynagan
500 „500 dan ortiq film (multfilm, ertak-filmlar)“ dublyaj qilishda qatnashgan
„Turmush chorrahalarida“

KliplarTahrirlash

Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2006 Bojalar «Eslama meni» Qizning otasi
2016 Hojiakbar Haydarov «Doʻlana» Erkin Komilov

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil