Yulduzingni ber osmon
„Yulduzingni ber osmon“ (yoki Yulduzingni ber, osmon) – 1995-yilda suratga olingan oʻzbek filmi. Film Farid Davletshin rejissorligida suratga olingan[1].
„Yulduzingni ber osmon“ | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Farid Davletshin |
Ssenariynavis(lar) |
Valeriy Gusev Aʼlo Xoʻjayev |
Rollarda |
Dilorom Egamberdiyeva Karim Mirxodiyev Furqat Fayziyev Sofiya Sobitova |
Bastakor(lar) | Anvar Ergashev |
Operator(lar) | Hotam Fayziyev |
Chiqarilgan sanasi | 1995-yil |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Mavzusi
tahrirFilm mashhur xonanda va uning badiiy rahbari oʻrtasidagi ichki munosabat hamda kechinmalarni koʻrsatib bergan[2].
Fikrlar
tahrirFilmda bosh rollardan birining obrazini ijro etgan Karim Mirxodiyev filmda yaratgan obrazi borasida quyidagi fikrlarni aytib oʻtgan:
„Yulduzingni ber, osmon“dan to eng oxirgi rollarimgacha – oʻzim. Hammasida Karim Mirxodiyev boʻlib oʻynadim. „Yulduzingni ber, osmon“ filmini tomosha qilib, Bernora Qorieva „Men haqiqiy erkakni koʻrdim!“ deya yuksak baho bergan. Butkul emas-u, menga yaqini – shu obraz. Albatta, hech kim meni takrorlamaydi, men ham hech kimga taqlid qilmayman.
Soundtrektlari
tahrirFilm uchun asosiy soundtrek Nasiba Abdullayeva tomonidan kuylangan „Yulduzingni ber osmon“ qoʻshigʻi edi. Shu bilan birga, xonanda Akbarali Ochilov ijrosida kuylangan „Kelasanmi derdim“ taronasi ham film ramziga aylandi.
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbekiston Kinematografiya agentligi“. Telegram. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ NTRK.TV, Фильмы » Юлдузингни бер осмон (ruscha), qaraldi: 2024-02-04