Dilorom Egamberdiyeva

oʻzbek aktrisasi

Dilorom Egamberdiyeva (1962-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — oʻzbek aktrisasi. Aktrisa oʻlaroq ilk faoliyatini 1981-yilda suratga olingan Oltin jun filmida Zuhra ismli tarjimon qiz roli bilan boshlagan. Kelinlar qoʻzgʻoloni (1984) filmida jonlantirgan Nigora, Armon (1987) filmida jonlantirgan Xumor hamda Temir xotin (1990) filmida jonlantirgan Alomat kabi rollari ortidan shuhrat qozongan[1].

Dilorom Egamberdiyeva
Tavalludi 25-oktyabr 1962-yil (1962-10-25) (61 yosh)
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1981 – hozirgacha
Bolalari 1
Mukofotlari

1995-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist mukofotiga loyiq topilgan[1].

Hayoti tahrir

Dilorom Egamberdiyeva 1962-yil 25-oktyabrda Oʻzbekiston SSRning Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maktabni tamomlagach, Sergey Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olgan va 1983-yilda uni bitirgan.

Faoliyati tahrir

Egamberdiyeva 1981-yilda Muxtor Aga-Mirzayev va Latif Fayziyev rejissyorligi ostida suratga olingan Oltin jun (Zolotoye runo) filmida Zuhra ismli tarjimon qiz rolini ijro etgan[2].Melis Abzalov tomonidan suratga olingan Kelinlar qoʻzgʻoloni (1984) filmida gavdalantirgan Nigora roli ortidan shuhrat qozongan. Keyinchalik, u Hujum va Poklanish kabi filmlarda suratga tushgan. Egamberdiyeva yana 1987-yilda suratga olingan Armon filmida Xumor, 1990-yilda suratga olingan Temir xotin filmida esa Alomat rollarini ijro etgan.

Filmografiyasi tahrir

Filmlar tahrir

Yil Nom Rol Izohlar Mnb.
1981
Oltin jun Zuhra ismli tarjimon qiz [2]
1983
Uygʻonish
Yolgʻiz
1985
Kelinlar qoʻzgʻoloni Nigora
1985
Sozvezdiye lyubvi Mohigul Telefilm
1986
Armon Xumor
Okhota na drakona
Ataka Rus tilidagi film
1987
Iskuplenie
1987
Temir xotin Alomat
2009
Yulduzingni ber osmon
2009
Chol va nabira Gʻanisherning onasi
2010
Madina
2016
Baron [3]

Televideniye tahrir

Yil Nom Rol Izohlar Mnb.
2007
Zastava Nodirshoxning rafiqasi

Shaxsiy hayoti tahrir

Egamberdiyeva 1990-yilda turmushga chiqqan va bitta qiz farzandi bor[1][manba kerak].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir