Armon“ (ruscha: Уходя, остаются) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1986-yil yaratgan drama film.[1][2][3] Filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek ayollari, qariyalari va yoshlari qilgan mashaqqatli mehnat tasvirlangan.

Armon
Screenshot from Armon.jpg
„Armon“ filmidan skrinshot. Yodgor Saʼdiyev (oʻngda) Boʻri rolida
Rejissor Melis Abzalov
Ssenariynavis(lar) Rihsivoy Muhammadjonov
Vladimir Sokolov
Rollarda Oybarchin Bakirova
Dilorom Egamberdiyeva
Baxtiyor Zokirov
Obid Yunusov
Yodgor Saʼdiyev
Ra’no Zokirova
Diyas Rahmatov
Bastakor Rumil Vildanov
Distributor Oʻzbekfilm
Davomiyligi 87 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Til Oʻzbek

SujetTahrirlash

1920-yillarda Boʻri yosh bolaligida otasidan ayriladi. (Otasining ham ismi Boʻri boʻladi. Otasi rolini Yodgor Saʼdiyev oʻynagan.) Ulgʻaygach u shaharga borib oʻqiydi va elektr ishchisi boʻlib yetishadi. Soʻngra tugʻilgan qishlogʻiga qaytadi. Qishloqdagi barcha qizlarga manzur boʻlishiga qaramay, Boʻri allaqachon boshqa yigitga unashtirilgan Xumorni sevib qoladi. Fashistlar Olmoniyasi bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida urush boshlangach Boʻri hamqishloqlari bilan urushga otlanadi. U urushdan qaytib kelmaydi.

RollardaTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „Ukhodya, ostayutsya“(aniqlanmagan). Kinopoisk. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
  2. „Ukhodya, ostayutsya“(aniqlanmagan). Afisha. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
  3. „Ukhodya, ostayutsya“(aniqlanmagan). KM. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.

HavolalarTahrirlash