Yodgor Saʼdiyev
Yodgor Habibovich Saʼdiyev — taniqli oʻzbek kino va teatr aktori, rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). «Shaytanat» filmidagi Asadbek roli bilan mashhur.
Yodgor Saʼdiyev | |
---|---|
Yodgor Habibovich Saʼdiyev | |
Asl ismi | Yodgor Habibovich Saʼdiyev |
Tavalludi |
12-iyun 1946-yil (76 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Otasi | Habib Saʼdiy |
Bilimi | Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik instituti |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() |
Yodgor Saʼdiyev 1946-yil 12-iyunda Toshkent shahrida tavvalud topgan. 1971-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1968-yildan hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri, shuningdek, 1998-yildan «Qalqon» studiyasining badiiy rahbari.
Saʼdiyev ijodi ijtimoiy, falsafiy va gʻoyaviy mazmun ila yoʻgʻrilgan boʻlib, qahramonlar xususiyatini, ijtimoiy muhit bilan munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixologik oʻtkir tarzda talqin etishi bilan ajralib turadi. Qahramonga dramatik xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uygʻunlashtira olishi bilan diqqatga sazovor.
«Mirzo Ulugʻbek» spektaklidagi Fransiya elchisi sahnadagi ilk obrazidir. Karl Morr («Qaroqchilar»), Kochkaryov («Uylanish»), ertakchi («Qor malikasi»), Gʻofir («Boy ila xizmatchi»), Prometey («Olovni tashlama, Prometey»), Kichik oʻgʻil («Gʻariblar»), Bobur («Yulduzli tunlar»), Klimkov («Roʻyxatlarda yoʻq»), Arslon («Oyna»), Abdurahmon («Mehrobdan chayon»), Filipp («Roʻyo»), Abror Hidoyatov («Tomosha davom etadi») kabi rollari bilan mashhur.
Saʼdiyev kinoda «Dilbarim»da Abdusalom, «Oʻn uch terak koʻchasi»da Olimjon, «Armon»da Dadaboʻri, «Yengilmas»da Shayx Jaʼfar, 20 qismli «Shaytanat»da Asadbek roli bilan shuxrat qozongan.
«Shaytanat»ning 7-dan 20-qismigacha Saʼdiyev rejissyorlik ham qilgan.
Shuningdek, telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham oʻynagan: «Abu Ali ibn Sino»da Ibn Sino, «Diyonat»da Jabbor, «Girdob»da Yoʻldosh, «Alisher Navoiy»da Badiuzzamon, «Imon»da Orifjon, «Ichkuyov»da Oʻrinboy, «Soʻnggi oʻq»da Jahongir va boshqalar. Iblis devori, Besh qismat, Jigarbandim, Honadon, Oltin tulpor duoibadi Rejissyor sifatida «Aldagani xotin yaxshi» (J.Puare), «Tungi mehmon» (F.Bogdanov), «Hayot eshik ortida» (S.Sirojiddinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan. Xayrulla Saʼdiyev (akasi) va Jahongir Saʼdiyev (nabirasi) Shaytanat videofilmida rol ijro etgan.
1983-yil «Roʻyo» spektaklidagi Filipp roli uchun «yilning eng yaxshi erkak roli» unvonini olgan. 1989-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati deb tan olingan.[1][2][3][4]
FilmTahrirlash
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1967 | „Dilbarim“ | Abdusalom |
1968 | „Qizil qumlar (Красные пески)“ | Yusuf |
1969 | „Oʻn uch terak koʻchasi“ | Olimjon |
1971 | „Конец снежных пилотов “ | Muhaten |
1972 | „Возраст тревог“ | |
1975 | „Ты, песня моя“ | |
1978 | „Весенняя мелодия “ | |
1979 | „Серое дыхание дракона (Des Drachens grauer Atem)“ | Muhaten |
1983 | „Yengilmas (Непобедимый)“ | shayx Jaʼfar |
1985 | „Minarxarlik Joʻra ovchi (Джура, охотник из Мин-архара)“ | Tog'ay |
1986 | „Armon“ (Уходя, остаются)“ | Dadaboʻri |
1988 | „Чудовище или кто-то другой“ | |
1989 | „Manjur varianti (Маньчжурский вариант)“ | mayor Misumi |
1990 | „Облава на одичавших собак“ | |
1998-2003 | „Shaytanat“ | Asadbek / Asadbekning otasi |
2000 | „Besh qismat“ | Yodgor Saʼdiyev |
2008 | „Iblis devori“ | Ibrohim ota |
2011 | „Jigarbandim“ | Qodirjon |
2014 | „Bekatdagi odam“ | Boss |
2014 | „Xonadon egasi“ | |
2016 | „Shaytanat (21-qism)“ | Asadbek |
„Abu Ali ibn Sino“ | Ibn Sino | |
„Diyonat“ | Abdujabbor | |
„Oltin tulpor duoibadi“ | ||
„Soʻnggi oʻq“ | Jahongir | |
„Girdob“ | Yoʻldosh | |
„Xonadon“ | ||
„Ichkuyov“ | Oʻrinboy | |
„Alisher Navoiy“ | Badiuzzamon | |
„Imon“ | Orifjon |
ManbalarTahrirlash
- ↑ Ёдгор Саъдиев: «Бобур юрагим тубида ётибди», Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 2010
- ↑ Ёдгор Cаъдиев: «Юрак амри спортни эмас, санъатни устун қўйди» Arxivlandi 2014-12-08 Wayback Machine saytida., persona.uz, 2012
- ↑ Ёдгор Саъдиев: «15 йиллик хизматдан қайтган аскарга ўхшайман!» Arxivlandi 2014-08-10 Wayback Machine saytida., darakchi.uz, 20 noyabr 2013
- ↑ Ёдгор Cаъдиев: «Санъатда ўзингни эмас, ўзингдаги санъатни севгин!»[sayt ishlamaydi] , darakchi.uz, 29 avgust 2014
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |