Rumil Vildanov
Rumil Jiangirovich Vildanov (1939.24.11, Bishkek -1987.18.2, Moskva, Toshkentda dafn etilgan) — kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkent konservatoriyasini (1962, kompozitsiya boʻyicha) bitirgan. 1962—68 yillari va 1982 yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi. 4 simfoniya (1962, 1967, 1968, 1971), 2 fortepiano (1965, 1968) va skripka (1968) konsertlari, oratoriya, kantata, simfonik poema, torli kvartet va boshqa kamer asarlar, xor, romans va qoʻshiqlar muallifi. 1970-yillardan asosan kinomusiqa bilan shugʻullangan. 100 dan ortiq badiiy, hujjatli, multiplikatsion va telefilmlarga musiqa yozgan. Muqimiy teatrida "Oʻn ikkinchi kecha", (Shekspir asari asosida, 1971), "Andro va Sandro" (T. Xugayev asari asosida, 1975) musiqali komediyalari, Navoiy teatrida "Notanish ayol", "Zaharlangan hayot", "Elegiya" bir aktli baletlari sahnalashtirilgan (1980). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |