Nasiba Abdullayeva
ABDULLAYEVA NASIBA MELIKOVNA - O‘zbekiston xalq artisti.
Abdullayeva Nasiba Melikovna (kir. Насиба Абдуллаева; t. 15-noyabr 1961, Samarqand) – oʻzbek xonanda va aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1993).
Nasiba Abdullayeva | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilishi |
15-noyabr 1961-yil (60 yosh) |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Kasbi | qoʻshiqchi aktrisa |
Leybl | Blue Flame Records[1] |
Faoliyat yillari | 1979-yildan |
Janr | estrada musiqasi |
Sayt |
![]() ![]() |
BiografiyaTahrirlash
- Samarqand musiqa studiyasini (1979), Toshkent davlat madaniyat institutini (1989) tugatgan. Dastlab ijodini xalq qoʻshiqlaridan boshlagan. „Xorazm lazgisi“, „Bari gal“, „Tanavor“, shuningdek sharq xalqlari qoʻshiqlari bilan tanildi. Lirik mayinlik, badiiy mahorat, teran mazmun, yoqimlilik va shiradorlik Abdullayeva Nasiba ijodiga xos. Muhabbat haqidagi qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etadi. „Arzimni aytdim“, „Jonim mening“, „Yoqasiz jonim“, „Majnuntol“, „Malak“, „Aylanayin“ va boshqalar shular jumlasidan.[2] Boshqa xalqlar qoʻshiqlari ham Abdullayeva ijodida muhim oʻrin tutadi: „Sanada galmas“, „Ayriliq“ (ozarbayjon), „Ishq umidiman“ (eron), „Roʻyalarda boʻlushursiz“ (turk) va boshqa bir qancha xorijiy mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Abdullayeva Nasiba ijodiga bagʻishlab „Nasiba“ telefilmi („Oʻzbektelefilm“, 1989) ishlangan. Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan (1999).[3]
OilasiTahrirlash
- Turmush oʻrtogʻi - Eldor Abdullayev
- Oʻgʻillari - Anvar va Akbar.
FilmografiyaTahrirlash
FilmTahrirlash
Yil | Film nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1989 | „Nasiba“ | Nasiba Abdullayeva | Kameo |
1995 | „Yulduzingni ber osmon“ („Верни звезду мою“) | Malika | Vokal |
2003 | „Munis onam“ | Nasiba Abdullayeva | Kameo |
2006 | „Suiqasd“ | ||
2008 | „Madagaskar 2“ (oʻzbekcha tarjimasi) | Flori | Ovoz bergan |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „НАСИБА АБДУЛЛАЕВА“ . uzland.uz. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Би-би-си меҳмони – ўша Сиз билган эстрада юлдузи Насиба Абдуллаева“ . BBC.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |