Shaytanat (teleserial)
- Ushbu maqola film haqidadir. Shaytanat soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Shaytanat — Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosida 1998-yilda suratga olingan kriminal teleserial[1]. „Shaytanat“ — Oʻzbekistondagi eng mashhur teleserial hisoblanadi. 1999-yilgi namoyishdan soʻng uning televideniyedagi namoyishiga hech qanday asossiz taqiq qoʻyilgan edi. 2018-yilda ushbu taqiq olib tashlanishi aytilgan[2]. 2020-yil 23-martdan boshlab Zoʻr TV telekanalida namoyish qilindi[3]. Serial 20 qismdan iborat boʻlib, uning yakunlovchi 21-qismi haligacha suratga olinmagan[4].
Shaytanat | |
---|---|
Turi | detektiv, kriminal drama |
Muallif(lar) | Tohir Malik |
Rollarda |
Yodgor Saʻdiyev Behzod Muhammadkarimov Erkin Komilov Gulchehra Jamilova Poʻlat Saidqosimov Jamshid Zokirov Hojiakbar Nurmatov Melis Abzalov Yoqub Ahmedov va boshqalar |
Mamlakat |
![]() |
Qismlar soni | 20 |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | Yodgor Saʼdiyev |
Qism davomiyligi | 30-40 daqiqa |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | Oʻzbekiston |
Translyatsiya davri | 15-fevral 1999-yil — 12-mart 1999-yil |
Tafsilotlar
tahrirMashhur qoʻshiqchi Elchin oʻz xotinini qasddan oʻldirganlikda ayblanib, koʻp yillarga qamalib ketadi. Gap shundaki, u gʻirt mast holda qimor oʻynab, hamma narsasini yutqazib qoʻyadi. Yutib chiqish umidida xotinini ham qimorga tikib yuboradi. Oxir-oqibat yutqazib qoʻygan Elchin nima boʻlayotganini anglamay, mastlik taʼsirida uxlab qoladi. Oʻziga kelgach xotinini oʻlik holda topadi. Bu qotillik mashhur jinoiy toʻda yetakchisi Asadbekning odamlari tomonidan sodir etilganini tushunib yetadi. Endilikda Elchinnning maqsadi — Asadbekdan qasos olishdan iborat.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Yodgor Saʼdiyev | jinoiy toʻda yetakchisi Asadbek Abdullayev (Bek aka) // Asadbekning otasi - Asqarbek Abdullayev (1949-yilda) |
Behzod Muhammadkarimov | qoʻshiqchi Elchin Madiyorov (Hofiz) |
Omon Burxonov | prokuratura tergovchisi Zohid Sharipov |
Gulchehra Jamilova | Asadbekning ayoli Manzura |
Navroʻza Biynozova | Asadbekni qizi Zaynab (1-6-seriyalar) |
Bahrom Matchonov | tarixchi Anvar Sattorov |
Poʻlat Saidqosimov | oʻgʻri, qimorboz Zelixan Xangireyev (Akademik) |
Zikir Muhammadjonov | mesxetin turklari oqsoqoli Ismoilbey |
Karim Mirhodiyev | Asadbekning maslahatchisi Mahmud Esonov |
Furqat Fayziyev | to'da yetakchisi Hosil boyvachcha |
Abduhalil Mig'norov | Hosilning yordamchisi Shomil (gʻilay) |
Jamshid Zokirov | "Винзавод" muhandisi Sharif Namozov |
Ahmad Berdimurodov | Asadbekning soqchisi Jamshid Sunnatullayev |
Raʼno Shodiyeva | Asadbekning qizi Zaynab (7-20-seriyalar) |
Firdavs Pazletdinov | Asadbekning oʻgʻli Abdusamad |
Xayrulla Saʼdiyev | Asadbekni doʻsti Jalil / Jalilning otasi (1950-yilda) |
Erkin Komilov | Asadbekning yordamchisi, do'sti Haydar (Kesakpolvon) |
Rustam Qayumov | rus jinoiy toʻda yetakchisi Avtandil (Xongirey) |
Muhammad Rafiqov | qishloqlik tabib Abdurahmon ota |
Obid Yunusov | Muhiddin ota |
Abduraim Abduvahobov | Asadbek to'dasi a'zosi Rasul (Boʻtqa) |
Dilmurod Ergashev | rus jinoiy toʻda a'zosi Armo |
Farhod Abdullayev | qimorboz Murodilla Qosimov (Xumkalla) |
Matyoqub Matchonov | Farg'nalik qoradorifurush Kerim |
Hojiakbar Nurmatov | militsiya mayori Mahmud Soliyev |
Mixail Kaminskiy | arman jinoiy guruh yetakchisi Georg Manukyan |
Jahongir Saʼdiyev | Asadbekning bolaligi (1950-yillar) |
Umid Azimov | Jalilning bolaligi (1950-yillar) |
Asilbek Shomirzayev | Asadbekning ukasi Samandar (1953-yil) |
Sayyora Yunusova | Asadbekning onasi (1950-yillar) |
Aziza Bekjonova | Jalilning onasi (1950-yillar) |
Gavhar Zokirova | Namozovning ayoli Nasiba |
Lutfulla Saʼdullayev | "Винзавод" direktori Qilich Sulaymonov |
Ravshan Solihov | baza buxgalteri Tojimullayev |
Ravshan Joʻrayev | militsiya kapitani Mirsultonov |
Mahmud Ismoilov | prokuror |
Mamlakat Mirzayeva | Zelixonning hamtovog'i Madina |
Mohira Nurmatova | Georgning ayoli Sveta |
Saydullo Moldaxanov | militsiya kapitani Hamdam Tolipov |
Baxtiyor Hakimov | Militsiya polkovnigi |
Valeriy Kuvshinov | Tomsklik tadbirkor Semyon |
Anatoliy Kochedikov | Krasnoyarsklik tadbirkor Aleksey Karpov |
Tohir Saidov | to'daga kirgan militsiya ayg'oqchisi Halimjon |
Mirza Azizov | pul undiruvchi Qozi |
Yoqub Ahmedov | tarixchi olim Xolidiy domla |
Melis Abzalov | deputat |
Madina Muxtorova | hamshira Mardona |
Mukofotlari
tahrir2000-yil Moskvadagi „Jamiyat va qonuniylik“ kinofestivali sovrindori boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Serial haqida“. 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-fevral.
- ↑ Mashhur teleserial ekranlarga qaytmoqda
- ↑ „«Шайтанат» сериали телеэкранга қайтмоқда“.
- ↑ Yodgor Saʼdiev „Shaytanat“ning yakuniy qismi nega namoyish etilmaganiga izoh berdi
Filmga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |