Tohir Saidov (1965-yil 28-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbek teatr va kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Bolaligi

tahrir

Tohir Saidov yoshligidan aktyor boʻlishni orzu qilgan, shu sabab oʻrta maktabni tamomlab poytaxtga kelgan hamda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati oliygohiga oʻqishga kirgan[1].

Mehnat faoliyati

tahrir

Aktyor oʻz faoliyatini 1991-yilda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida boshlaydi va oltmishdan oshiq spektakllarda turli obrazlarni ijro etadi. Tohir Saidovni xalqqa tanitgan roli bu „Koʻngil koʻchalari“ serialidagi „gadoy“ obrazi boʻlgan. Ushbu serialdan tashqari aktyor yana "Shaytanat" va „Sardor“ kabi serialida, shuningdek „Soʻgʻdiyona“, „Chavandoz“ hamda „18 Kvadrat“, „Suv yoqalab“ kabi 20 dan oshiq filmlarda ham rol ijro etgan.

Mukofotlari

tahrir

Tohir Saidov oʻzining sanʼat sohasidagi uzoq yillik faoliyati orqali 2005-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan mukofotlangan.

Filmografiyasi

tahrir
Nomi Obraz Yil Izoh
Suv yoqalab 2009
Jiyda guli Muxtor — Madinaning otasi 2010

Manbalar

tahrir